Oʻzbekistonga yomgʻirli sovuq va nam havo oqimlari kiradi

© Sputnik / Vladimir Vyatkin / Mediabankka oʻtishUtrenniy tuman po doroge
Utrenniy tuman po doroge - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yakshanba kuni sovuq havo yogʻingarchilikni surib chiqaradi, tungi va ertalabki soatlarda tuman hosil boʻlib, ayrim joylarda koʻrinish yomonlashishi mumkin.

TOSHKENT, 14 dek - Sputnik. Oʻzgidromet yakshanba kuni mamlakatda qanday ob-havo hukm surishini eʼlon qildi.

Xabarda aytilishicha, ertaga Oʻzbekiston hududiga ayrim joylarda qorga aylanadigan yomgʻirli sovuq va nam havo oqimlari kiradi.

"Haroratning sutkalik oʻzgarishi unchalik katta boʻlmaydi, kechasi 2 daraja sovuq - 3 daraja iliq boʻladi, kunduzi esa 3-5 daraja iliqdan oshmaydi, bu oyning shu kuni uchun xos boʻlgan harorat meʼyoridan 3-5 darajaga pastdir", - deyilgan xabarda.

Yakshanba kuni sovuq havo yogʻingarchilikni surib chiqaradi, tungi va ertalabki soatlarda tuman hosil boʻlib, ayrim joylarda koʻrinish yomonlashishi mumkin. Tungi sovuq 3-5 darajagacha yetadi, kunduzi harorat 0-5 daraja iliq atrofida boʻlib, avvalgidek kun meʼyoridan past.

Yangiliklar lentasi
0