Prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishi kutilmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana
Zdanie Generalnoy prokuraturi Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident qarori bilan 2020-yil 1-mayga qadar prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining ustidan bevosita sudga shikoyat qilish nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

TOShKENT, 15 dek – Sputnik. O‘zbekistonda prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishi kutilmoqda.

Zaderjanie prestupnika - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda shaxsni ushlashda yangi tartib joriy etildi

Prezident qarori bilan 2020-yil 1-mayga qadar prokuror, surishtiruvchi yoki tergovchining jinoyat ishini qo‘zg‘atish, jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad etish, taftish tayinlash, surishtiruv yoki dastlabki tergovni to‘xtatish va jinoyat ishini tugatish haqidagi qarorlari ustidan manfaatdor shaxslar tomonidan bevosita sudga shikoyat qilish nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Bundan tashqari, sud ishlarini hal etishga aralashish, jumladan ishning har tomonlama, to‘la va xolisona o‘rganilishiga to‘sqinlik qilish, adolatsiz hukm, hal qiluv qarori, ajrim yoki qaror chiqarilishiga erishish maqsadida sudyaga turli shaklda ta’sir o‘tkazish holatlari bo‘yicha javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihalari ishlab chiqiladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya qabul qilinganining 27-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda kelgusi yildan boshlab prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish tartibi joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, prokuror qarori ustidan sudga murojaat qilish adolat mezonini mustahkamlashda ulkan qadam bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0