Jamiyat

Elektr energiyasidan boʻlgan qarzdorlik isteʼmolchi hisobraqamidan undirilmaydi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumentы
Sotrudnik Byuro prinuditelnogo ispolneniya zapolnyayet dokumentы - Sputnik Oʻzbekiston
Jismoniy shaxslardan boʻlgan qarzdorliklarni bank hisobraqamlaridan hisobdan chiqarish va taqiq qoʻyish amaliyoti 2020 yilning 1 iyul kuniga qadar toʻxtatildi.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. Jismoniy shaxslardan boʻlgan qarzdorliklarni bank hisobraqamlaridan hisobdan chiqarish va taqiq qoʻyish amaliyoti 2020 yilning 1 iyul kuniga qadar toʻxtatilgan. Bu haqda bugun, 17 dekabr kuni “Jismoniy shaxslarning hisobraqamlariga qoʻyilayotgan taqiq masalalari” mavzusida boʻlib oʻtgan brifingda taʼkidlab oʻtildi.

Bankovskaya karta - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Qanday hollarda hisobraqamlar va plastik kartochkalariga band solinadi?

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillarining taʼkidlashicha, Oʻzbekiston prezidentining 15.02.2018 yilgi farmoniga asosan, energiya resurslaridan boʻlgan qarzdorliklarning har oyda, eng kam ish haqining ikki baravaridan oshmaydigan summada isteʼmolchi hisobraqamlaridan undirish nazarda tutilgan.   

Ammo aholi eʼtirozlarining oldini olish maqsadida va tegishli sud qarori boʻlmagan holatda energiya resurslari uchun qarzdorlikni hisobraqamlaridan yechib olish ijrosi joriy etilmagan.

Shuningdek, jismoniy shaxslardan boʻlgan qarzdorliklarni bank hisobraqamlaridan hisobdan chiqarish va taqiq qoʻyish amaliyoti 2020 yilning 1 iyul kuniga qadar toʻxtatilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala