Jamiyat

Oʻzbekistonda yuklarni qoʻriqlash uchun yigʻim miqdori oshadi

Oʻzbekistonda harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan qoʻriqlanadigan yuklar uchun yigʻim miqdori oshiriladi.

TOSHKENT, 17 dek – Sputnik. 2020 yilning 1 yanvaridan eng kam ish haqi miqdorining oshishi munosabati bilan Oʻzbekiston harbiylashtirilgan naryadlari tomonidan qoʻriqlanadigan yuklar uchun yigʻim miqdori ham oshadi. Bu haqda Oʻzbekiston Temir yoʻllari AJning  axborot-tahliliy media markazi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi hududida harbiylashtirilgan naryadlar tomonidan kuzatib boriladigan mahalliy, eksport va import tovarlari uchun yigʻim miqdori 1 vagon-km va konteyner-km.ga 414 soʻm(QQSdan tashqari)ni tashkil etadi.

Barcha turdagi vagon va universal konteynerlari uchun esa 1 vagon va konteyner  uchun yigʻim miqdori -0,11 AQSH dollar(QQS bilan birga)ni tashkil etadi.

Harbiylashtirilgan naryadlar tomonidan kuzatib boriladigan vagonlar soni 1 dan 5 tagacha boʻlsa, yigʻim stavkasi - 414 soʻm(QQSdan tashqari)ni tashkil etadi.

Shuningdek, vagonlar soni 5 tadan ortiq boʻlsa yigʻim miqdori 394 soʻm(QQSdan tashqari) boʻladi.

Qoʻriqlanadigan vagonlar sonining yalpi ogʻirligi 3-5 yoki 40 tonna boʻlganda yigʻim stavkasi - 414 soʻm(QQSdan tashqari)ni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala