Jamiyat

Oʻzbekiston togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi kuzatilmoqda

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoLavina
Lavina - Sputnik Oʻzbekiston
FVV 19 dekabrdan 23 dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi haqida ogohlantirdi.

TOSHKENT, 18 dek – Sputnik. 2019 yil 19 dekabrdan 23 dekabr kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasining togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi kuzatilmoqda. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirdi.

Lavina - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Chimyonda qor koʻchish xavfi eʼlon qilindi

Qayd etilishicha, 2019 yilning 19 dekabr kuni soat 08:00 dan 20 dekabr soat 08:00 gacha “Chimyon” hududida Qor koʻchkisi xavfi bor. 

“Hurmatli dam oluvchilar!” Ehtiyotkorlik choralarini koʻrishingizni va “Diqqat! Qor koʻchishi xavfi mavjud!” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz, deyiladi FVV eʼlonida.

Shuningdek, fuqarolardan ehtiyot choralarini koʻrishlari, avariya hamda boshqa noxush holatlar sodir boʻlganda qisqa 1050 raqamiga murojaat qilishlari mumkinligi eslatildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala