Shu yil 10 oyda qancha firibgarlik jinoyatlari sodir etilgani aytildi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri i moneti raznix stran
Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ro‘yxatga olingan firibgarlik jinoyatlarining 13,5 foizini yolg‘on vajlar asosida qarz oldi-berdisi tashkil etgan.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. O‘tkazilgan tahlil natijasiga ko‘ra, joriy yilning 10 oyida jami ro‘yxatga olingan jinoyatlarning 11,7 foizini firibgarlik jinoyatlari tashkil etgan. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot kotibi ma’lum qildi.

Ta’kidlashicha, ro‘yxatga olingan firibgarlik jinoyatlarining 13,5 foizini yolg‘on vajlar asosida qarz oldi-berdisi tashkil etgan.

Shundan 10 foizi avtomashina oldi-sotdisi yoki ijarasi;

– 9,6 foizi uy-joy yoki noturar binolar qurish uchun yoxud fermer xo‘jaliklariga yer ajratishda yordam berish;

– 8,5 foizi xorijga ishga yuborish;

– 7,4 foizi turar va noturar bino-inshootlar oldi-sotdisi yoxud ijarasi;

– 5,9 foizi ishga joylashtirish;

– 5,8 foizi tijoratda hamkorlik qilish hamda  4,7 foizi oliy, kasb-hunar yoki o‘rta-maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga kiritish vajlari bilan sodir etilgan.

Yangiliklar lentasi
0