Hodisalar

Buxoro shahrida roʻy bergan yongʻinda 5 yoshli qizchaning jasadi topildi

© Sputnik / Aleksandr Piragis / Fotobankka oʻtishSotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara
Sotrudnik MCHS vo vremya tusheniya pojara - Sputnik Oʻzbekiston
Yongʻinni kelib chiqish sababi isitish qozoni dudburonining notoʻgʻri oʻrnatilishi ekanligi taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Buxoro shahrining Maxtumquli koʻchasidagi uyda yongʻin sodir boʻldi. Yongʻinni oʻchirish vaqtida uy egasining 2014 y.t. qiz nabirasini kuygan holdagi jasadi topildi. Bu haqda DYOXX xabar qilmoqda.

Xabarda yozilishicha, 23 dekabr kuni soat 00 dan 48 daqiqa oʻtganda ushbu uyda yongʻin boʻlayotganligi haqida yongʻin-qutqaruv qismiga xabar kelib tushgan.

V Almazarskom rayone proizoshel pojar - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
FVV Islom tsizilizatsiyasi markazidagi yongʻin boʻyicha maʼlumot berdi

Voqea joyiga 2 ta yongʻin oʻchirish boʻlinmalari jalb etilgan.  Boʻlinmalar chaqirilgan manzilga 9 daqiqada yetib borgan. Koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida yongʻin soat 01:05 da qurshab olingan va soat 02:15 da toʻliq bartaraf etilgan. Yongʻin oqibatida yashash uyining 45 kv.metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Saqlab qolingan maydoni 150 kv.metr.

“Achinarlisi, yongʻinni oʻchirish vaqtida uy egasining 2014 y.t. qiz nabirasini kuygan holdagi jasadi topilgan”,  - deyiladi xabarda.

Hozirda yongʻinni kelib chiqish sababi isitish qozoni dudburonining notoʻgʻri oʻrnatilishi ekanligi taxmin qilinmoqda. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala