Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Sergey Lebedevni qabul qildi

© Press-slujba prezidentaPrezident Uzbekistana prinyal predsedatelya Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnogo sekretarya SNG
Prezident Uzbekistana prinyal predsedatelya Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnogo sekretarya SNG - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidan kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida Oʻzbekistonda boʻlib turgan MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi.

TOSHKENT, 23 dek – Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23 dekabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligidan kuzatuvchilar missiyasi boshchiligida Oʻzbekistonda boʻlib turgan MDH Ijroiya qoʻmitasi raisi – Ijrochi kotibi Sergey Lebedevni qabul qildi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

© Press-slujba prezidentaPredsedatel Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev
Shavkat Mirziyoyev Sergey Lebedevni qabul qildi - Sputnik Oʻzbekiston
Predsedatel Ispolnitelnogo komiteta – Ispolnitelnыy sekretar SNG Sergey Lebedev

Davlat rahbari mehmonni samimiy qutlar ekan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga navbatdagi saylovlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish davrida MDH missiyasi faol ishlaginini taʼkidladi.

Sergey Lebedev saylovni kuzatishda ishtirok etish taklifi, qolaversa, Hamdoʻstlikka aʼzo mamlakatlar va Ijroiya qoʻmitadan 180 vakildan iborat MDH kuzatuvchilar missiyasining samarali faoliyatini taʼminlash yoʻlida yaratilgan qulay sharoitlar uchun samimiy minnatdorlik bildirdi. 

Saylov jarayoni yuksak saviyada tashkil etilgani, milliy qonunchilik va xalqaro standartlarga toʻliq mos ravishda oʻtgani qayd etildi. 

MDH Ijrochi kotibi saylov koʻp partiyaviylik asosida, erkin, shaffof va raqobat muhitida oʻtgani, mamlakatdagi demokratik oʻzgarishlarni chuqurlashtirishning muhim omili boʻlganini taʼkidladi. 

Uchrashuvda, shuningdek, Oʻzbekistonning Hamdoʻstlik mamlakatlari bilan koʻp tomonlama hamkorligi istiqbollari yuzasidan fikr almashildi. Respublikaning 2020 yilda MDHda raisligini samarali tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala