Siyosat

MSK: 25 ta okrugda takroriy ovoz berish oʻtkaziladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi vыborov v parlament Uzbekistana
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana  - Sputnik Oʻzbekiston
Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 25 ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 5 yanvar - yanshanba kuni oʻtkazishga qaror qildi.

TOSHKENT, 25 dek – Sputnik. Markaziy saylov komissiyasi yana uch saylov okruglarida kamchiliklarni aniqladi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi okrug saylov komissiyalarining yakuniy bayonnomalari oʻrganib chiqilganda, 3 ta saylov okrugida saylov natijalarini aniqlash jarayonida arifmetik xatolikka yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Takror ovoz beriladigan okruglar soni 3 taga (Samarqand - 1 ta 67 okrug, Fargʻona viloyati - 2 ta, 102 va 106 okruglar) koʻpaygan.

Markaziy saylov komissiyasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga saylov oʻtkazuvchi 25 ta saylov okruglarida takroriy ovoz berishni 5 yanvar - yakshanba kuni oʻtkazishga qaror qildi.

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi vыborov v parlament Uzbekistana
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi vыborov v parlament Uzbekistana
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
2/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi vыborov v parlament Uzbekistana
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
3/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana
© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovItogi vыborov v parlament Uzbekistana
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston
4/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana
1/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana
2/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana
3/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana
4/4
Itogi vыborov v parlament Uzbekistana

MSK taqdim etgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga saylangan nomzodlar tarkibi boʻyicha tahliliy jadvaliga koʻra, Parlament saylovi oʻtkazilgan 150 ta saylov okrugidan 125 tasidan deputatlar saylangan.

Saylangan deputatlar soni oʻzgardi. Jumladan, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi – 42 nafar (-1); “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 34 nafar (-1); “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 20 nafar (-1); Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar; Ekologik partiya – 11 nafar.

Saylangan deputatlarning yosh tarkibi boʻyicha 30 yoshgacha 9 nafar (7%), 30-50 yoshgacha – 80 nafar (64%), 50 yoshdan yuqori 36 nafar (27 %). Xotin-qizlar 34 nafar (27%).

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala