Jamiyat

Ajrimlar soni boʻyicha qoʻrqinchli raqamlar maʼlum qilindi. Buning sababi nima?

CC0 / marcojean20 / pixabay / Obruchalnыe koltsa na stole
Obruchalnыe koltsa na stole - Sputnik Oʻzbekiston
FHDYO organlarining nikohi bekor qilingan holatlar boʻyicha 2019 yil statistikasida ajralishlar soni 23000 ga yetgan. Shu davrning oʻzida 195 mingta nikoh qayd etilgan.

TOSHKENT, 26 dek – Sputnik. Oʻzbekistonda ajralishlar soni boʻyicha joriy yilda 23000 ta holat qayd etilgan. Bu haqda Adliya vazirligining axborot xizmati maʼlum qildi.

Skrin iz sotsialnogo rolika o semeynыx razvodax - Sputnik Oʻzbekiston
Video
Taʼsirli videorolik: oilaning buzilishi – farzand uchun eng ogʻir zarba

Maʼlumotga koʻra, FHDYO organlarining nikohi bekor qilingan holatlar boʻyicha 2019 yil statistikasida ajralishlar soni 23000 ga yetgan. Shu davrning oʻzida 195 mingta nikoh qayd etilgan.  

Xoʻsh, bu darajada koʻrsatkichning qayd etilishiga qanday sabablar asos boʻldi?

Savol yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi direktori oʻrinbosari Dildora Karimova shunday deydi:

Biz ajrimlar sabablarini toʻrt yoʻnalishga boʻlib oʻrgandik. Chunki asosan ajrimlarni shu yoʻnalishlardagi sabablar keltirib chiqarayotganini aniqladik. Birinchidan psixologik jihatdan sabablar oʻrganilganda, avvalo oiladagi doimiy nizolarning sabab boʻlishi, oila aʼzolarining er-xotin munosabatlariga doimiy aralashuvi, er va xotin oʻrtasida hurmatning yoʻqligi tufayli ajrim yuzaga keladi.

Ikkinchi tur sababi esa maʼnaviy-axloqiy tarbiyaning sustligi, xiyonat, ayolga nisbatan zoʻravonlik, unga haddan ortiq yumushlar va majburiyatlarning yuklanishidir.

Uchinchi sababi, oilaning moddiy holati boʻlib, yetishmovchiliklar, oiladagi uy-joy sharoitining qoniqarsizligi, erkakning oilasini moddiy taʼminlamasligi, mehnat migratsiyasi yaʼni er yoki xotinning chet elga ketganligi va oilasi bilan aloqani uzgani tufaylidir. Oila buzilishining oxirgi sabablaridan biri esa bu  sogʻlik va nogironlikka bogʻliq boʻlgan muammolar va befarzandlikdir.

Aytish joizki, har bir hududning oʻziga xos ajrim sabablari mavjudligi sababli, foiz darajasida ham statistika koʻrsatkichlari turlicha. Biroq, respublika boʻyicha 50 foizdan koʻproq ajrimlarni oiladagi doimiy nizolar tashkil etishi tasdiqlandi.  

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala