Qamchiq dovonida 3 ta yengil avtomobil handaqqa tushib ketdi

© MChS RUz3 avtomobilya upali s obriva na perevale Kamchik
3 avtomobilya upali s obriva na perevale Kamchik - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hodisa jarayonida hech kim tan jarohati olmagan. Ammo qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Kecha, 25-dekabr kuni Qamchiq dovonida uchta yengil avtomashinalari yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligining axborot xizmati ma’lum qildi.  

Pereval Kamchik funksioniruyet v shtatnom rejime, dvijenie otkrito - Sputnik O‘zbekiston
“Qamchiq” dovonining avtomobil yo‘li qordan tozalandi

Qayd etilishicha, Namangan viloyatining Pop tumanidagi A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 247 km.da “Toshkent-vodiy” yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan “Cobalt”, “Spark” hamda “Lacetti” avtomobillari yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan.

Hodisa jarayonida hech kim tan jarohati olmagan. Ammo qutqaruvchilar tomonidan yo‘l transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilariga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Avtomashinalar esa handaqdan chiqarilib, avtoevakuator yordamida “Sherobod” YPX maskanining jarima maydonchasiga olib ketilgan.

Yangiliklar lentasi
0