Siyosat

Oʻzbekiston TIV rahbari OBSE tavsiyalariga munosabat bildirdi

© Mejdunarodnыy press-klubMinistr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov
Ministr inostrannыx del Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston
Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov soʻzlariga koʻra, saylovlarda 112 411 nafar xorijdagi fuqarolar ishtirok etdi.

TOSHKENT, 27 dek – Sputnik. Oʻzbekiston YEXHT xulosalarini foydali deb biladi. Bu haqda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro press klub sessiyasidagi chiqishida aytdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Golosovaniye na parlamentskix vыborax v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Takroriy ovoz berish oʻtkaziladigan saylov okruglari – roʻyxat

"Boʻlib oʻtgan parlament saylovlari - "Yangi Oʻzbekiston - yangi saylovlar" shiori ostida boʻlib oʻtdi. Bu nafaqat biz koʻp harakat kilganimiz, yaxshi tayyorgarlik koʻrganimiz natijasi, avvalombor muhtaram prezidentimiz boshlab bergan chuqur islohotlarni amalga oshirilishi natijasi", - dedi TIV rahbari.

Abdulaziz Kamilov shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi chet davlatlardagi Oʻzbekiston fuqarolariga Konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishga barcha sharoitlarni yaratib berganini qayd etdi.

Vazir soʻzlariga koʻra, joriy saylovlarni oʻtkazish uchun chet elda 50dan oshiq saylov uchastkalari tashkil etilgan boʻlib, 12-18 dekabr kunlari 200dan ortiq hududlarda muddatdan oldin ovoz berish imkoniyati yaratilgan. Xorijda tashkil etilgan uchastkalarda jami 112 411 nafar fuqarolar oʻz Konstitutsiyaviy huquqlaridan foydalanishga muvaffaq boʻlgan.

Sodik Safoyev - pervыy zamestitel predsedatelya Senata Oliy Majlisa - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sodiq Safoyev Oʻzbekistonda muxolifat partiyalar ildiz otayotganiga ishora qildi

"...Albatta, savol tugʻilishi mumkin, chunki fuqarolarimiz soni koʻp xorijda, lekin aksariyati ishtirok eta olmagani (borasida). ... kelajakda biz turli mintaqalardagi fuqarolarimiz bilan ham muloqotda boʻlib, albatta ularni ham bizning siyosiy hayotimizga jalb etishga harakat qilamiz", - dedi vazir.

Kamilov xorijdagi Oʻzbekiston fuqarolariga saylovlar xususida toʻliq maʼlumotlarning yetib bormaganligi sababini siyosiy partiyalarning chet eldagi oʻzbekistonliklarni oʻz tomoniga jalb etishga toʻliq harakat qilmaganligida, deb biladi.

"Kelajakda bularning barchasini inobatga olib, albatta, chora-tadbirlar koʻramiz", - dedi diplomat.

Chet ellik kuzatuvchilar bahosiga Oʻzbekiston pozitsiyasi

Kamilov Oʻzbekistonda oʻtkazilgan parlament saylovlariga birinchi marta dunyoning eng yirik - Rossiya, AQSH, Xitoydan, MO vakillari, mintaqadagi qoʻshnilar - Hindiston, Pokiston va Erondan davlatlaridan, xalqaro tashkilotlardan 750ga yaqin kuzatuvchilar kelganini qayd etdi.

Xususan, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakillari dastlabki xulosalarini Oʻzbekiston tomoniga yetkazdi.

"Saylovlar oʻtdi. Oʻzbekistonning yangi chehrasi paydo boʻlayapti xalqaro maydonda. Lekin bizni oldimizda koʻplab vazifalar turibdi. Birinchidan - saylov jarayonini takomillashtirish. Bu doimiy jarayon. Bu harakatni qandaydir yakuniy bekati boʻlmaydi. Hech kim aytolmaydi-ki, mana biz hozir biz mukammal saylov oʻtkazdik, hech qanday kamchilik yoʻq, olam-guliston, deb.  Bu jarayon davom etishi kerak, negaki oldimizda koʻplab maqsadlar turibdi. Shu maqsadda OBSE (YEXHT) DIIHB bergan dastlabki tavsiyalariga juda jiddiy qaraymiz va kerakli xulosalarni chiqaramiz”, - deb taʼkidladi vazir.

Predsedatel ispolnitelnogo komiteta – ispolnitelnogo sekretarya SNG Sergey Lebedev - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Sergey Lebedev saylov jarayoni haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi

Kamilovning aytishicha, TIVda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari boʻyicha byurosining saylovlarni kuzatish boʻyicha missiyasi rahbari Kaetana de Zuluyeta Outram bilan bir necha bor uchrashuvlar boʻlib oʻtgan hamda dastlabki xulosalar va tavsiyalar boʻyicha fikr almashilgan. 

"Biz shu hamkorlik natijasida shunga kelishdik-ki, bir-ikki oydan soʻng oxirgi xulosalar chiqqandan keyin, biz yana bir bor uchrashamiz va qaysi yoʻnalishlarda hamkorligimizni davom ettirishimiz xususida kelishib olamiz. Kerak boʻlsa, oʻziga yarasha dastur va yoʻl xaritasini tashkil etamiz", - deb maʼlum qildi Kamilov va berilgan tavsiyalar Oʻzbekiston uchun tahdid yoki hal boʻlmaydigan muammo emasligini, balki bu Oʻzbekiston uchun yangi imkoniyatlar ekanligini va undan foydalanish kerakligini qoʻshimcha qildi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar saylovlari oʻtkazildi.

Saylovni jarayoni 140 ming mahalliy kuzatuvchilar va 800 dan ortiq xalqaro, shuningdek, 9 ta tashkilot, shu jumladan MDH, SHHT va YEXHT kuzatuvchilari kuzatib bordi. Kuzatuvchilar ovoz berishga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrilganini qayd etdilar.

Markaziy saylov komissiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga 125 ta saylov okruglaridan saylangan deputatlar roʻyxatini eʼlon qildi.  Jumladan, Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi – 42 nafar; “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi – 34 nafar; “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi – 20 nafar; Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar; Ekologik partiya – 11 nafar.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala