Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yangi yil bayrami shou dasturlariga start berildi

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaNovogodnie prazdniki v Karakalpakstane i Xorezme
Novogodnie prazdniki v Karakalpakstane i Xorezme - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga Yangi yil tarovatini hadya etishni boshladi.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga Yangi yil tarovatini hadya etishni boshladi. Bu haqda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati ma’lum qildi.

© Ministerstvo oboroni UzbekistanaNovogodnie prazdniki v Karakalpakstane i Xorezme
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda yangi yil bayrami shou dasturlariga start berildi  - Sputnik O‘zbekiston
Novogodnie prazdniki v Karakalpakstane i Xorezme

Yakunlanib borayotgan yilning 24-dekabridan boshlab Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati aholisiga o‘z ko‘ngilochar dasturlari va musiqiy shoularini taqdim etishni boshladi.

Ular tomonidan qiziqarli tomoshalardan biri birinchi bo‘lib Nukus shahridagi “Korzinka.uz” ko‘ngilochar-savdo majmuasi oldida, Yangi yil archasi o‘rnatilgan maydonda namoyish etildi.

Harbiy orkestr tomonidan ijro etilgan klassik va milliy kuylar yig‘ilganlarga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Shuningdek, Nukus garnizoni Ma’naviyat va ma’rifat markazi harbiy orkestri jamoasi tashabbusi bilan bu yilgi bayram shou dasturiga Yangi yil bayrami bosh qahramoni bo‘lgan – Qorbobo bir necha Qorbobolar timsolida kiritilgan.

Ushbu Qorbobolar o‘zlarining o‘sha tanish liboslarida turli san’atkorona mahoratlarini namoyish etib, bayram tomoshasiga to‘planganlarni xayratga solishmoqda.

Bu esa bayram shukuhiga o‘zgacha ko‘tarinkilik bag‘ishlamoqda.

Yangiliklar lentasi
0