TOSHKENT, 31 dek — Sputnik. Oʻzbkiston 2020 yil davomida oʻzining MDHda raislik davrida turli daraja va formatlarda 70ga yaqin tadbirlash oʻtkazadi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Ular orasida Toshkentda boʻlib oʻtadigan Davlat rahbarlari kengashi, Hukumat rahbarlari kengashi, Tashqi ishlar vazirlari kengashi, Iqtisodiy kengash, Parlamentlararo assambleya, Iqtisodiy forum, hududlar forumi, ilmiy va ijodiy intelligentsiya forumi va boshqalar, deyilgan xabarda.
Shuningdek, Oʻzbekiston raisligi davrida MDHni rivojlantirishga qaratilgan 10dan ortiq hujjatlar tayyorlash rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston MDHda raislik davridan asosiy eʼtiborni savdo-iqtisodiy va transport-logistika munosabatlarni rivojlantirishga qaratishni maqsad qilgan. Undan tashqari hududdagi xavfsizlik masalalari, chegara orqali oʻtish xavfi boʻlgan terrorchilik hamda narkotik moddalarni tashish ham alohida oʻrinda turadi, degan edi biroz oldin Shavkat Mirziyoyev.