Jamiyat

Komil Allamjonov andijonlik bloger ishi yuzasidan munosabat bildirdi

© FacebookAndijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan
Andijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼkidlanishicha, agentlik fuqaro Abdufatto Nuritdinov bilan bogʻliq sud qaroriga taʼsir koʻrsatishga haqli emas.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan bloger Abdufatto Nuritdinov  ishi yuzasidan munosabat bildirdi.

“Bizning agentlik fuqaro Abdufatto Nuritdinov bilan bogʻliq sud qaroriga taʼsir koʻrsatishga haqli emas. Aybdor tomon sud qaroridan norozi boʻlsa, kassatsiya tartibida yuqori turuvchi sud instantsiyasiga murojaat qilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, u ushbu holat tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish normasini tezroq bekor qilishni  taqozo qilishini qoʻshimcha qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati bloger Abdufatto Nuritdinovning qamoqqa olinganligi yuzasidan bayonot bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala