Turizm

Parkentda “Kumushkon” turizm qishlogʻi tashkil etiladi

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Fotobankka oʻtishVid na poselok Solntse naxodyaщiysya nedaleko ot Parkenta
Vid na poselok Solntse naxodyaщiysya nedaleko ot Parkenta - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm qishlogʻi “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga asosan tashkil etilmoqda.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Toshkent viloyatining Parkent tumanida “Kumushkon” turizm qishlogʻi tashkil etiladi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Turizm qishlogʻi  “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qaroriga asosan tashkil etilmoqda.

Charvakskoye vodoxraniliщe - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Oʻzbekistonning oʻzini "Oltin halqa"si paydo boʻladi

Qaror bilan “Oltin halqa” turizm kontseptsiyasi hamda “Kumushkon” turizm qishlogʻini tashkil etish chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.

“Oltin halqa” turizm kontseptsiyasining asosiy vazifalaridan biri hududdagi turistik maskanlarda qulay shart-sharoitlar yaratish orqali aholi va tadbirkorlarning daromadini oshirishdan iborat”,  - deyiladi hujjat matnida.

Ayni damda qaror bilan Toshkent viloyatida turizmni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining manzilli roʻyxati tasdiqlan. Unga koʻra 45 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilib, 1523 ta yangi ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala