Iqtisod

Oʻzbekistonda soliq turlari qisqartirildi

CC0 / Pixabay / StartupStockPhotos Mujchina rabotayet s bumagami
Mujchina rabotayet s bumagami - Sputnik Oʻzbekiston
Xususan, yagona yer soligʻi, davlat boji, bojxona toʻlovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.

TOSHKENT, 3 yanv - Sputnik. Yangi tahrirdagi Soliq kodeksida soliqlarni unifikatsiyalash, oʻxshash soliq solish bazasiga ega soliqlarni birlashtirish orqali ular soni maqbullashtirildi, soliq hisobotlari kamaytirildi va soddalashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi “Huquqiy axborot” kanalida maʼlum qilindi.

Soliq turlari 9 tagacha qisqartirildi. Xususan, yagona yer soligʻi, davlat boji, bojxona toʻlovlari va tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari boʻyicha qatʼiy belgilangan soliq turlari bekor qilindi.

Kalendar. Illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston
Birinchi yanvardan Oʻzbekiston aholisini nimalar kutmoqda – davomi

Kodeksga koʻra, soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini oʻtkazadi:

- kameral soliq tekshiruvi;

- sayyor soliq tekshiruvi;

- soliq auditi.

Qayd etish joizki, ilgari soliq tekshiruvlari vakolatli organ bilan kelishuvga koʻra oʻtkaziladigan va  vakolatli organni xabardor qilish tartibida oʻtkaziladigan tekshiruvlardan iborat boʻlgan.

Kodeksga transfert narx shakllantirishni nazorat qilish normalari, “oʻzaro bogʻliq shaxslar” va “oʻzaro bogʻliq shaxslar oʻrtasida nazorat qilinadigan bitimlar”, “nazorat qilinadigan chet el kompaniyasi” tushunchalari kiritildi.

Shu munosabat bilan ayrim tadbirkorlik subʼyektlari tomonidan faoliyat amalga oshirilishi bilan bogʻliq “soliq toʻlovchilarni konsolidatsiyalashgan guruhi” tushunchasi va ularni soliqqa tortishning xususiyatlari belgilandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala