Dunyoda

Eron general Sulaymon oʻlimi uchun AQShga javob qaytardi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev / Mediabankka oʻtishV Irane prazdnuyut godovщinu islamskoy revolyutsii
V Irane prazdnuyut godovщinu islamskoy revolyutsii - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sakkizinchi yanvarga oʻtar kechasi Eron general Sulaymoniyning oʻldirilishiga javoban AQSH bazalariga raketa zarbalarini amalga oshirdi.

TOSHKENT, 8 yanv - Sputnik. Eron AQShning Iroqda joylashtirilgan bazalari boʻylab 15 ta ballistik raketalarni uchirdi, 11 tasi nishonga tegdi, deb xabar qilmoqda Fox News telekanali AQSH HK Markaziy qoʻmondonligiga tayangan holda.

Analitika
Eron-Amerika urushi juda yaqinimizda - Xitoy OAVlari

Xabarga koʻra, raketalarning oʻntasi Anbar provintsiyasidagi Eyn-al-Abad bazasi hududiga kelib tushgan, bittasi - Erbildagi baza territoriyasiga, Erbildagi baza boʻylab yoʻnaltirilgan yana toʻrtta raketa joiz tarzda ishga tushmagan.

Hujum ikki zarbda bir soatlik tafovut bilan amalga oshirilgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif Eronning Iroqdagi AQSH bazalariga amalga oshirilgan zarbani oʻz-oʻzini mudofaa qilish chorasi, deb atagan.

"Eron bizning fuqarolarimiz va yuqori mansabdagi amaldorlarimizga nisbatan qoʻrqoqlarcha amalga oshirilgan qurollangan hujum amalga oshirilgan bazaga zabhrba berib, BMT Nizomining 51-moddasiga javoban muvofiq oʻz-oʻzini mudofaa qilish choralarini koʻrdik. Biz vaziyatni ziddiylashtirish yoki urushga intilayotganimiz yoʻq, lekin har qanday tajovuzdan himoya qilamiz", — deb yozgan Zarif Twitterda.

Protestuyuщiye s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3 yanvarya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron AQShdan qasos olishning 13ta stsenariysini tayyorladi - OAV

AQSH Mudofaa vazirining jamoatchilik bilan aloqalar boʻyicha yordamchisi Jonatan Xoffman Qoʻshma Shtatlar regiondagi oʻz harbiylari, sheriklari va ittifoqdoshlar himoyasi uchun "barcha zarur choralarni koʻrishini" maʼlum qildi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Eronning raketa hujumi boʻyicha chorshanba kuni ertalab bayonot berishini maʼlum qilgan.

"Hammasi joyida! Raketalar Erondan Iroqdagi ikkita harbiy baza boʻylab uchirilgan. Hozirda jabrlangangan mavjudligi va yetkazilgan zarar miqdorini aniqlanmoqda. Lekin hammasi yaxshi!.. Men ertaga ertalab bayonot bilan chiqish qilaman", - deb yozgan u chorshanba kuni (mahalliy vaqt boʻyicha seshanba kechasi) Twitterda.

Eslatib oʻtamiz, Eron Oliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Shamxoniy Tehronda general Kassam Sulaymoniyning oʻldirilishiga javoban AQShdan oʻch olish uchun 13 ta stsenariy mavjudligini aytgan edi. 

Shamxoniyning soʻzlariga koʻra, tayyorlangan stsenariylarning "eng soddasi" ham "Amerika uchun dahshatga aylanadi".

Seshanba kuni Eron parlamenti Pentagon va AQSH armiyasini terrorchi tashkilotlar bilan tenglashtiruvchi qonun loyihasini bir ovozdan qabul qildi. Hujjatda, shuningdek, milliy rivojlanish jamgʻarmasidan Eron armiyasining elita boʻlinmasi - Quds maxsus kuchlariga 200 million yevro ajratilishi maʼqullangan.

Yangiliklar lentasi
0