Jamiyat

Tashqi ishlar vazirligi Hayʼati yigʻilishi boʻlib oʻtdi

© Abdulaziz Kamilov/InstagramAbdulaziz Kamilov provel soveщaniye v MIDe
Abdulaziz Kamilov provel soveщaniye v MIDe - Sputnik Oʻzbekiston
Toshkentla Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi faoliyati natijalari va kelajak rejalariga bagʻishlangan vazirlik Hayʼati yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 8 yanv - Sputnik. Kecha 7 yanvar kuni Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligida vazirlik Hayʼati yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqida Abdulaziz Kamilov oʻzining Instagramida xabar qildi.

Yigʻilishda, Oʻzbekiston Tashqi ishlari vazirligining 2019-yildagi faoliyati yakunlari hamda yangi 2020 yildagi vazifalari muhokama qilindi. Dunyoda tahdid va ziddiyatlar kuchayishiga qaramasdan vazirlik oʻz oldiga qoʻygan vazifalarni muvafaqiyatli davom ettirish lozimligi taʼkidlandi. 

"Ziddiyatli va tez oʻzgaruvchan global jarayonlar, dunyo iqtisodiyotidagi yangi tahdidlar va mintaqadagi murakkab vaziyatga qaramasdan belgilab berilgan islohotlarni muvaffaqiyatli davom ettirish, mamlakatimizni modernizatsiyalash va xalqimiz farovonligini oshirish uchun uchun sharoit yaratish lozim", - deyilgan Abdulaziz Kamilov xabarida.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Hayʼati 1994-yilda tashkil qilingan. Hayʼat tashqi ishlar vaziri, (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari, shuningdek vazirlik faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat. 

Hayʼat majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.

Hayʼat asosan quyidagi masalalar bilash shugʻullanadi: prezidentining tashqi siyosiy yoʻlini amalda roʻyobga chiqarish, xorijiy mamlakatlar, shuningdek xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan munosabatlarda Oʻzbekistonning davlat manfaatlarini hamda uning fuqarolari va yuridik shaxslarining huquqlarini himoya qilish, TIV nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qoʻyish, tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa masalalar. 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala