Jamiyat

Sitora Farmonovaga uyatsiz serialda suratga tushishi uchun qancha mablagʻ taklif qilishgan

© Mirtoxir GulyamovIgrok kыrgыzstanskoy komandы KVN "Aziya MIX" Sitora Farmonova
Igrok kыrgыzstanskoy komandы KVN Aziya MIX Sitora Farmonova  - Sputnik Oʻzbekiston
Aktrisa Sitora Farmonovaga uyatsiz sahnalari boʻlgan Gollivud filmida suratga tushish uchun qancha gonorar taklif qilishgan.

TOSHKENT, 9 yanv – Sputnik. Oʻzbekistonlik aktrisa Sitora Farmonova bergan intervyuda uyatsiz serialda suratga tushishi uchun unga qancha mablagʻ taklif etilganini ochiqladi. Zamin xabariga asosan.

Igrok kыrgыzstanskoy komandы KVN Aziya MIX Sitora Farmonova  - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Sitora Farmonova oʻzining "shaxsiy hayotini bilmoqchi boʻlganlar"ga javob qaytardi

“2008 yilda menga Gollivuddan taklif boʻlgan. Bu Sony Entertaiment Production va ‘TNT’ telekanalining qoʻshma loyihasi edi. Qoʻlimga qiymati 700 ming dollar boʻlgan ikki yillik shartnoma kelib tushgan. Bu taklifdan judayam xursand boʻlganman. Lekin keyin bilsam serialning 50-qismidan keyin uyatsiz sahnalari boshlanar ekan. Men bunday sahnalarni oʻynamayman, degandim”, - deydi aktrisa.

Uning soʻzlariga koʻra, serial 350 qismdan iborat boʻlib, unga dublyor taklif etishdi. Lekin u rozi boʻlmadi.

Aktrisa hech qanday pul evaziga uyatsiz filmlarda rol oʻynamasligini taʼkidlab oʻtdi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala