Iqtisod

Oʻzbekistonda 1 martdan tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho beriladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Fotobankka oʻtishTekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnыe fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston
2020 yil 1 martga qadar tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.

TOSHKENT, 9 yanv — Sputnik. Oʻzbekistonda 2020 yil 1 martdan tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasiga baho berish tizimi joriy etiladi. Bu haqda tegishli Hukumat qarori 8 yanvar kuni qabul qilindi.

2020 yil 1 martga qadar tadbirkorlikni rivojlanganlik darajasi koʻrsatkichlarini hisoblash va baholash boʻyicha “BUSINESS INDICATOR” avtomatlashtirilgan onlayn axborot tizimi ishga tushiriladi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: “Yagona yoʻlimiz – tadbirkorlar sonini koʻpaytirish”

Ushbu tizimni ishlab chiqish, unga texnik xizmat koʻrsatish yuzasidan, istisno tariqasida, tender (tanlov) savdolarini oʻtkazmasdan eng yaxshi takliflarni saralab olish yoʻli bilan shartnoma tuziladi.

Qaror bilan Respublika hududlarida tadbirkorlikning rivojlanganlik darajasini baholash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, baholash yarim yillik va yil yakuni boʻyicha oʻtkaziladi.

Baholash natijasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, shuningdek tuman va shaharlar reytingi tuziladi, reytingda yuqori koʻrsatkichlarga ega hududdagi tashkilotlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari boshqaruv xodimlari moddiy ragʻbatlantiriladi.

Baholash Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala