O‘zbekistonda quyosh elektr stansiyalarini barpo etish bo‘yicha ikkinchi tender o‘tkaziladi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishMayminskaya solnechnaya elektrostansiya v Respublike Altay
Mayminskaya solnechnaya elektrostansiya v Respublike Altay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Quyosh elektrostansiyalar qurilishi bo‘yicha “Scalingsolar II” loyihasi doirasidagi tender savdolarining ikkinchi bosqichini tashkil etish shu yilning 7-8 yanvarida Energetika vazirligida muhokama qilindi.

TOShKENT, 9 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Energetika vazirligi Xalqaro moliya korporatsiyasi ( IFC) bilan birgalikda fotoelektr (quyosh) elektrostansiyalar qurilishi bo‘yicha tender savdolarining ikkinchi bosqichini tayyorlamoqda. Ular Samarqand va Jizzax viloyatlarida quriladi.

Quyosh elektrostansiyalar qurilishi bo‘yicha “Scalingsolar II” loyihasi doirasidagi tender savdolarining ikkinchi bosqichini tashkil etish shu yilning 7-8 yanvarida vazirlikda muhokama qilindi.

Solnechnie batarei. Arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Tender yakunlari: O‘zbekistonda fotoelektr stansiyasini kim qurishi aniqlandi

Uchrashuvda IFC nomidan Jahon banki qoshidagi Xalqaro moliya korporatsiyasining investitsiyalar bo‘yicha bosh mutaxassisi Atlan Bernar, O‘zbekiston tomonidan esa Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Davlat-xususiy hamkorligini (DXH) rivojlantirish bo‘yicha agentlik vakillari ishtirok etdi.

“Muzokaralarda “Scalingsolar II” doirasida O‘zbekistonning Samarqand va Jizzax viloyatlarida har birining quvvati 200 MVt ga teng bo‘lgan ikkita fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishi bo‘yicha bitta lotga tender e’lon qilinishi kutilmoqda. Tender savdolari 2020 yilning birinchi choragida e’lon qilinishi kutilmoqda”, - deyilgan Energetika vazirligi xabarida.

Tender komissiyasi xalqaro tenderning birinchi bosqichi g‘olibi deb BAAning “Masdar” kompaniyasni e’lon qilgan edi, bunda tarif ishlab chiqilgan elektrenergiyaning 1 kVt.s uchun 2,679 AQSh sentini, qurilish muddati esa 12 oyni tashkil etadi.

Yangiliklar lentasi
0