Jamiyat

Attestatsiyadan oʻta olmagan OTMlarga 1 yil muddat berildi

© Karshinskiy gosudarstvennыy universitetStudentom odnogo iz vuzov Karshi stal 14-letniy uzbekistanets
Studentom odnogo iz vuzov Karshi stal 14-letniy uzbekistanets - Sputnik Oʻzbekiston
Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha Davlat inspektsiyasi 2018-2019 yillar davomida 26ta OTMni attestatsiyaga jalb etgan.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda taʼlim sifatini tekshirish boʻyicha 26 ta davlatdan tajriba oʻrganilgan. Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Vazirlar mahkamasi xuzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi boshligʻi Ulugʻbek Tashkenbayevning maʼlum qilishicha, akkreditatsiya muddati oʻtganligi bois 2018-2019 yillar davomida 26 ta OTM attestatsiyaga jalb etilgan.

Tahlillar natijasiga koʻra 12 ta OTM attestatsiyadan oʻtgan, ulardan 13 tasi shartli ravishda oʻtgan. Bitta OTM attestatsiyadan oʻta olmagan. Attestatsiyadan qoniqarsiz oʻtgan OTMlarga kamchiliklarni bartaraf etish uchun 1 yil muddat berilgan.

Shuningdek, “Taʼlim sifatini tekshirish borasida 26ta davlatdan tajriba oʻrgandik”,  deydi Ulugʻbek Tashkenbayev.

Bundan tashqari 2019 yilning sentyabr oyida 22ta Otm hamda va 5 ta ilmiy tadqiqot muassasalarida attestatsiyadan oʻtmagan taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklari hamda ixtisosliklari qayta attestatsiyadan oʻtkazilgan.

Qayta attestatsiya natijasiga koʻra 69 ta taʼlim yoʻnalishlaridan 15tasi attestatsiyadan oʻtmagan.

Soʻng  63 ta ixtisoslikdan 19 tasining attestatsiyadan oʻtmaganligi yuzasidan toʻxtamga kelinib, qabul toʻxtatilishi boʻyicha tegishli vazirliklarga maʼlumot kiritilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala