Dunyoda

Eron Tashqi ishlar vazirligi AQShni ISHID terrorchilari bilan taqqosladi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishGlava MID Irana M.Zarif
Glava MID Irana M.Zarif - Sputnik Oʻzbekiston
Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javod Zarif AQSH oʻzlarini ISHID* terrorchilari kabi tutib, Eronning madaniy yodgorliklarini yoʻq qilish bilan tahdid qilganini aytdi, deya xabar beradi RIA Novosti IRNA agentligiga tayanib.

Zarifning Eronning BMTdagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchi tomonidan BMT Xavfsizlik Kengashi yigʻilishida oʻqib eshittirilgan bayonotida tegishli izoh berildi. Amerika vizasi yoʻqligi sababli Zarifning oʻzi uchrashuvga kela olmadi.

Eron va AQSH mojarosi: Yaqin Sharqdagi keskinlik pasayadimi - Sputnik Oʻzbekiston
Video
AQSH-Eron mojarosi: Yaqin Sharqda keskinlik pasayadimi

3 yanvarga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Iroq poytaxtidagi xalqaro aeroport yaqinida Al-Quds maxsus kuchlari qoʻmondoni general Qosim Sulaymoniy va Iroq shialari koʻngillilari rahbarining oʻrinbosari Abu Mahdi al-Muhandisga qarshi operatsiya oʻtkazdi. Vashingtonda ular 2019 yil dekabr oyida Amerika elchixonasiga hujum uyushtirishda ishtirok etgan deb hisoblanishadi. Iroq Tashqi ishlar vazirligi Sulaymoniyga qarshi amaliyotni mamlakat suverenitetini buzish deb atadi.

Eronning oliy rahbari Ali Xamonoiy Sulaymoniyning oʻlimi javobsiz qolmasligini ogohlantirdi. 8 yanvarga oʻtar kechasi Eron AQShning Gʻarbiy Iroqdagi Ayn-Assad va Erbilda joylashgan bazalariga “Yer-Yer” tasnifidagi raketalarni uchirdi.

Donald Tramp, oʻz navbatida, amerikaliklarga hujum qilingan taqdirda, Eronning 52 nishoniga "tez va kuchli zarba" yetkazishga vaʼda berdi, shuningdek Eronga qarshi yangi sanktsiyalarni eʼlon qildi.

Islomiy inqilobiy soqchilar korpusi (IISK) Generali Abdulloh Aragining soʻzlariga koʻra, Eron yaqin kelajakda Sulaymoniyning oʻldirilishi uchun AQShdan "yanada ogʻirroq qasos olish" niyatida.

Xalqaro hamjamiyat Vashington va Tehronni vazminlikka chaqirdi.

Oldinroq Sputnik radiosi Tramp Eronda Boing avariyasi haqida tarqatilgan versiyaga shubha qilganini xabar qilgan edi.

* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala