Turizm

Turistik xizmatlar eksporti 26 %ga oshdi

© UzABlagotvoritelnыy fond "Vakf" otkrыl gostinitsu v Termeze
Blagotvoritelnыy fond Vakf otkrыl gostinitsu v Termeze - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekistonda oʻtgan yilda mehmonxonalar soni 1188 taga yetgan va ularning band boʻlish koʻrsatgichi aksariyat viloyatlarda 50%dan yuqori boʻlgan.  

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Oʻtgan yilda Oʻzbekistonda turistik xizmatlar eksporti 26%ga oshib 1 313 032 AQSH dollariga yetdi, deb xabar qildi Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi matbuot xizmati.

“2019 yil oxiriga qadar turistik xizmatlar eksporti koʻrsatkichi 1 313 032 AQSH dollariga yetgan. Bu 2018 yilga (1 041 089$) nisbatan 26,1 %ga oʻsgan”, - deyilgan xabarda. AQSH dollariga yetganligi qayd etilgan.

Shuningdek, sayyohlarning joylashuv nuqtalari soni jami 1188 taga yetgan.  Shundan 833 tasi – mehmonxonalar, 214 tasi – xostellar va 141 tasi boshqa obʼyektlarni tashkil etgan.

Hududlar kesimida olib qaralganda aksariya viloyatlarda mehmonxonalarning band boʻlish koʻrsatgichi 50 %dan yuqori boʻlgan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasida – 62,6 %, Andijon viloyati – 65,0 %, Buxoro viloyati – 96,6 %, Jizzax viloyati – 52,5 %, Qashqadaryo viloyati – 61,0 %, Navoiy viloyati – 74,3 %, Namangan viloyati – 40,6 %, Samarqand viloyati – 82,3 %, Sirdaryo viloyati – 64,4 %, Surxondaryo viloyati – 68,8 %, Toshkent viloyati – 76,1 %, Fargʻona viloyati – 42,7 %, Xorazm viloyati – 81,5 %, Toshkent shahri – 85,7 %.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala