Dunyoda

Ukraina samolyoti Eron raketasi bilan urib tushirilgan – Kanada bosh vaziri

© Sputnik / Fotobankka oʻtishPremyer-ministr Kanadы Djastin Tryudo
Premyer-ministr Kanadы Djastin Tryudo - Sputnik Oʻzbekiston
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning soʻzlariga koʻra, bu katta ehtimol bilan xatolik tufayli roʻy bergan.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Tehronda Ukraina Boeing samolyoti Eron raketasi tomonidan urib tushirilgan, deb taʼkidladi Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo. RT xabariga asosan.

Kiyevning Borispol aeroporti, Iron elchixona binosi oldida aviahalokat oqibatida qurbon boʻlganlar xotirasi yon olindi.  - Sputnik Oʻzbekiston
Foto
Kiyevda aviahalokat qurbonlari yod olindi – fotojamlanma

Uning soʻzlariga koʻra, bu maʼlumot unga Kanada hamda ittifoqchi davlatlarining razvedkasi tomonidan taqdim etilgan.

“Maʼlumotlar shuni koʻrsatmoqdaki, samolyot Eronning “yer-havo” raketasi bilan urib tushirilgan”, - deyilgan xabarda.

Kanada bosh vazirining soʻzlariga koʻra,  bu katta ehtimol bilan xatolik tufayli roʻy bergan.

Eron fuqarolik aviatsiyasi tashkiloti rahbari Ali Obidjadeh bu versiyani asossizligini aytib oʻtdi.

Kuni kecha Ukraina milliy xavfsizlik xizmati Boeing-737 samolyoti zenit raketasi zarbasi oqibatida halokatga uchragani maʼlum qilgandi. Samolyotning texnik nosozligi halokatning yana bir sababi boʻlishi mumkin.

Chorshanba kuni Tehron aeroportidan osmonga koʻtarilgan "Ukraina xalqaro avialiniyalari" kompaniyasining Boeing-737 yoʻlovchi samolyoti bir necha daqiqadan soʻng halokatga uchradi. Samolyotda boʻlgan 170 nafar yoʻlovchi hamda 9 nafar ekipaj aʼzolari halok boʻldi. Yoʻlovchilarning aksariyati Eron fuqarolari boʻlishgan – 140 kishi. Shuningdek, ular orasida Ukraina, Kanada, Germaniya, Buyuk Britaniya, Shvetsiya hamda Afgʻoniston fuqarolari ham boʻlishgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala