Hodisalar

Yana bir bandlik agentligi rahbariyati ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi

© Uznews.uzProkuratura
Prokuratura - Sputnik Oʻzbekiston
Fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarga ishga joʻnataman deb 51 500 AQSH dollarini oʻzlashtirib yuborgan bandlik agentligi rahbariyati ustidan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

TOSHKENT, 10 yanv – Sputnik. Toshkentning Yunusobod tumani prokuraturasi tomonidan “I.X.Bandlik Agentligi” MCHJ rahbarlariga nisbatan jinoiy ish ochildi, deb xabar qildi  Respublika Bosh prokuraturasi axborot xizmati.

List bumagi v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi toʻxtatildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yunusobod tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “I.X.Bandlik Agentligi” MCHJ mansabdor shaxslarining bugungacha olib borgan faoliyati oʻrganilgan.

Ushbu korxona rahbariyati bir necha fuqarolarni Germaniya, Chexiya, Litva va boshqa davlatlarda shartnoma asosida ish bilan taʼminlash bilan ishontirib, ulardan 51 500 AQSH dollarini qoʻlga kiritgan.

Ammo kelishilgandek, fuqarolar ish bilan taʼminlanmay, pul mablagʻlari korxona rahbarlari tomonidan oʻzlashtirib yuborilgan.

Ayni damda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala