Hodisalar

Qozogʻistondagi samolyot halokatining ehtimoliy sababi eʼlon qilindi

© Sputnik / Fotobankka oʻtishKrusheniye passajirskogo samoleta v Kazaxstane
Krusheniye passajirskogo samoleta v Kazaxstane - Sputnik Oʻzbekiston
Qozogʻistonda 27 dekabr kuni samolyoti halokatga uchragan Bek Air kompaniyasining faoliyati nomaʼlum muddatga toʻxtatildi.

TOSHKENT, 10 yanv - Sputnik. Qozogʻiston hukumat komissiyasi dekabr oyining oxirida Olma-ota yaqinida Bek Air aviakompaniyasining Fokker-100 samolyotining qulashining dastlabki sababini eʼlon qildi, deb xabar beradi RIA Novosti.

"Hodisaning asosiy versiyasi bu samolyotning muzlashidir", dedi Qozogʻiston bosh vazirining oʻrinbosari Roman Sklyar.

Bundan tashqari, amaldorning taʼkidlashicha, Bek Air kompaniyasining faoliyati nomaʼlum muddatga toʻxtatilgan.

Olma-Ota - Nur-Sulton reysini amalga oshirgan ushbu aviakompaniya samolyoti 27-dekabr kuni ertalab qulab tushdi. Uchish paytida u balandlikni yoʻqotdi, ikki marta dumi bilan uchish yoʻlagini tegib, beton toʻsiqdan oʻtib, ikki qavatli binoga toʻqnashdi. Samolyotda ekipaj aʼzolari bilan qoʻshgan holda hammasi boʻlib 98 kishi boʻlgan, ulardan 12 nafari vafot etgan.

29-dekabr kuni Olma-ota xalqaro aeroportida sodir boʻlgan hodisa xronologiyasi daqiqama-daqiqa eʼlon qilindi. Bundan tashqari, 2-yanvar kuni samolyot qulashini tasvirga olgan video ham oshkor qilindi.

Avvalroq Sputnik radiosi Qozogʻiston samolyot halokatida halok boʻlganlar bilan xayrlashuv marosimi boʻlib oʻtgani haqida xabar bergan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala