AKT vazirligida yaponiyalik mutaxassis ish boshladi

Obuna bo‘lish
Etsuaki Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida yaponiyalik mutaxassis Etsuaki Yoshida ish boshladi.

Zdanie ministerstva zdravooxraneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Koreyalik mutaxassis O‘zbekiston sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi

Vazirlik xabarida yozilishicha, yaponiyalik mutaxassis Axborot texnologiyalari korxonalarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar va xalqaro kredit liniyalarini jalb qilish bilan shug‘ullanadi.

Etsuaki Yoshida 1971-yil Yaponiyada tug‘ilgan va mehnat faoliyatini Yaponiya bankida boshlagan. Etsuaki Yoshida turli yillarda Yaponiya xalqaro moliya markazi, tadqiqotlar va statistika departamenti, Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC)da qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Etsuaki Yoshida bugungi kunga qadar Yaponiya xalqaro hamkorlik banki Kredit, baholash va xatarlarni boshqarish guruhi Mamlakatni kreditlash departamenti 3-bo‘lim direktori va bosh iqtisodchisi vazifasida ishlagan.

Yangiliklar lentasi
0