Sport

Oʻzbekiston Liga kubogi musobaqasiga tojik va qirgʻiz klublari taklif qilindi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishOfitsialnыy myach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18
Ofitsialnыy myach chempionata mira po futbolu 2018 Telstar 18 - Sputnik Oʻzbekiston
Oʻzbekiston Professional Futbol Ligasi xorijiy jamoalarni ichki sport musobaqaciga taklif qildi. Respublikalar futbol federatsiyalarga tegishli taklifnomalar yuborildi.

TOSHKENT, 14 yanv – Sputnik. Tojikiston va Qirgʻiziston futbol klublari Oʻzbekiston Liga Kubogi musobaqasida ishtirok etish uchun taklif etildi. Championat.Asia xabariga asosan.

Bolelщiki sbornoy Uzbekistana po futbolu vo vremya matcha s Yaponiyey - Sputnik Oʻzbekiston
Sport
Futbol, bukmekerlik va video yordamchi hakam tizimi: prezident qarori tayyorlandi

Respublikalar futbol federatsiyalarga tegishli taklifnomalar yuborildi.

Oʻzbekiston PFL bosh direktori oʻrinbosari Diyor Imomxoʻjayev soʻzlariga koʻra, musobaqaga tojik va qirgʻiz klublarining qoʻshilishi har taraflama foydali boʻlishi mumkin. Liga kubogida boshqa mamlakat jamoalari ishtirok etsa, bu orqali ular xalqaro oʻyinlarga sekinlik bilan koʻnikma hosil qilib boradi.

Qoʻshni respublika jamoalarining qoʻshilishi muxlislar sogʻingan derbilarni qaytarishi mumkin.
Shuningdek, futbol muxlislari sabab turizmda ham ijobiy oʻzgarishlar koʻzga tashlanishi mumkin.

Keyinroq mazkur musobaqada Turkmaniston, Afgʻoniston jamoalari ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala