Soxta Yulduz Usmonova – shov-shuvli konsertdan video

Obuna bo‘lish
Internetda Tojikistonnning So‘g‘d viloyati Istaravshan shahrida bo‘lib o‘tgan soxta Yulduz Usmonovaning konserti tasvirga olingan video tarqaldi.

TOShKENT, 15 yanv – Sputnik. Ijtimoiy tarmoqlarda o‘tgan yil oxirida Tojikistonnning So‘g‘d viloyatida bo‘lib o‘tgan soxta Yulduz Usmonovaning konsert videosi tarqaldi.

Soxta Yulduz Usmonovaning Istaravshan shahrida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan konsert yangi yil bayrami oldidan 24-dekabr kuni o‘tkazildi.

Tojikiston huquq tartibot organ xodimlari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlarini amalga oshirib, konsert tashkilotchisiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi: Jamshid ismli shaxs - tashkilotchi rolida bo‘lgan Saidjon G‘aniyevga nisbatan Jinoyat kodeksining 247 - moddasining 2-qismi (firibgarlik) bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Tergov ishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0