Jamiyat

MDH iqtisodiy kengashi VDNXning "Oʻzbekiston" pavilonida boʻlib oʻtadi

© Sputnik / Nazarov OrifjonPavilon №66 na VDNX
Pavilon №66 na VDNX - Sputnik Oʻzbekiston
MDH Ijroiya qoʻmitasi iyundagi uchrashuvni VDNXning hozir kapital taʼmirlanayotgan "Oʻzbekiston" pavilonida oʻtkazishni taklif qildi.

TOSHKENT, 17 yanvar - Sputnik. Ushbu yilning 19 iyun kuni Moskvada VDNXda MDH iqtisodiy kengashi yigʻilishi boʻlib oʻtadi, deb xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Maʼlumotlarga koʻra, ijroiya qoʻmitasi uni hozirgi paytda kapital taʼmirlanayotgan "Oʻzbekiston" pavilonida oʻtkazishni taklif qilmoqda.

"VDNXda Oʻzbekiston paviloni bor, menimcha, bu yil ochiladi, toʻgʻrimi? Umid qilamiz. Va VDNH tashabbusi bilan 19 iyun kuni VDNXda Iqtisodiy Kengashni oʻtkazishni oldindan rejalashtirganmiz. Biz uni MDH davlati-aʼzosi pavilonida oʻtkazilishini xohlagan boʻlar edik. Bu oʻrganish uchun bir gʻoya. Bu oson emasligini tushunaman ", dedi Sergey Ivanov, MDH ijroiya qoʻmitasi raisi va ijrochi kotibining oʻrinbosari.

Bunga Oʻzbekiston elchisi Botirjon Asadov dedi: "Biz harakat qilamiz!"

Pavilon №66 Kultura (Uzbekskaya SSR) - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
VDNX bogʻidagi Oʻzbekiston paviloni restavratsiya qilinmoqda

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston MDHga raisligi doirasida 2020 yilda 70 ga yaqin tadbir oʻtkazadi.

Hamdoʻstlik raisligini 2020 yilda Turkmanistondan Oʻzbekistonga oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 2019 yil oktyabrda Ashxabodda boʻlib oʻtgan MDH Davlat rahbarlari kengashining majlisida qabul qilingan.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va kengaytirish, shu jumladan transport va logistika sohalarini rivojlantirish ham MDHga raislik qilayotgan Oʻzbekiston uchun rivojlantirishni rejalashtirayotgan ustuvor yoʻnalishlardan biridir.

Bundan tashqari, Toshkent ilmiy-texnikaviy hamkorlikni muhim ustuvor yoʻnalish deb biladi, va busiz barcha tuzilmalarning samarali ishlashi mumkin emas. Alohida mavzu - mintaqaviy xavfsizlik, transchegaraviy tahdidlarga qarshi kurash: terrorizm, narkotrafik va jinoyatchilik.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala