Hodisalar

Noyob oʻsimlik shirasini yigʻish uchun fuqarolardan katta pul olgan guruh fosh etildi

© Sputnik / Mixail Kutuzov / Fotobankka oʻtishDenejnыe kupyurы i monetы raznыx stran
Denejnыe kupyurы i monetы raznыx stran - Sputnik Oʻzbekiston
Kavrak (ferula) oʻsimligi shirasini yigʻish uchun fuqarolarning 170 000 dollarni qoʻlga kiritgan shaxslarning firibgarligi fosh etildi.

TOSHKENT, 17 yanv – Sputnik. Bosh prokuratura Surxodaryo viloyatida Kavrak (ferula) oʻsimligi shirasini yigʻish uchun fuqarolarning 170 000 dollarni qoʻlga kiritgan shaxslarning firibgarligi fosh etilgani haqida xabar qildi.

Messendjer Telegram  - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Toshkent prokuraturasi internetda tarqalgan videorolik uchun uzr soʻradi

Xabarda aytilishicha, BP huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.E.” xususiy korxonasi rahbari D.K oʻzining sheriklari bilan fuqarolar G.A. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni aldab, 2018 va 2019 yilning yanvar-iyul oylarida Surxondaryo viloyatining togʻ va togʻoldi yalangliklarida oʻsuvchi noyob hisoblangan kavrak (ferula) oʻsimligi shirasini shartnoma asosida yigʻish uchun ruxsat olib berishi evaziga, fuqarolar G.A. va boshqalarning jami 170 000 AQSH dollari va 53,0 mln. soʻm pullarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala