Jamiyat

Oʻzbekistonning eng namunali hududlari maʼlum boʻldi

© UzaPriz za nominatsiyu luchshiy region
Priz za nominatsiyu luchshiy region - Sputnik Oʻzbekiston
Eng namunali hududlar tanlovida Samarqand birinchi oʻrinni Toshkent shahri va Namangan ikkinchi oʻrinni egallashdi.

TOSHKENT, 17 yanv - Sputnik. Respublikaning tarixiy va goʻzal viloyatlaridan biri boʻlgan Samarqand “Yilning eng namunali hududi” deya eʼtirof etildi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati maʼlum qilmoqda. 

Qayd etilishicha, Toshkentdagi “Zarafshon” kinokontsert zalida Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “Yil tanlovi - 2019” taqdirlash marosimida Respublikadagi eng namunalar hududlar aniqlangan.

Soʻrovnoma natijalariga koʻra, Samarqand "Yilning eng namunali hududi" deb topilgan. Toshkent shahri va Namangan viloyati esa teng ravishda ovoz toʻplab, II oʻrinni band etgan.

Shuningdek, III-oʻrin Andijon va Navoiy viloyatlariga nasib etgan.

Hududlar nomi Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov tomonidan eʼlon qilingan.

 

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala