Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonunni buzganlik uchun javobgarlik belgilandi

© fotoliaSimvolы zakona i pravosudiya
Simvolы zakona i pravosudiya - Sputnik Oʻzbekiston
Mansabdor shaxslar tomonidan xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bazaviy hisoblash miqdorining 3 million 345 ming soʻmgacha jarima solishga sabab boʻladi

TOSHKENT, 25 yanv - Sputnik. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Samarqand viloyati filiali direktori Abduaziz Xafizov.

List bumagi v ruke - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Oʻzbekistonda yana bir xususiy bandlik agentligi litsenziyasi toʻxtatildi

"Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi. Unga koʻra, mansabdor shaxslar tomonidan xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bazaviy hisoblash miqdorining 10-15 baravarigacha (2million 230 mingdan 3 million 345 ming soʻmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi", - dedi Abduazizov.

Xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻz faoliyati haqidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik, xuddi shuningdek maʼlumotlarni buzib koʻrsatish yoki maʼlumotlarni taqdim etish muddatini buzish bazaviy hisoblash miqdorining 15-25 baravarigacha (3 million 345 ming soʻmdan 5 million 575 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar maʼmuriy jazo qoʻllanilginadan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan boʻlsa bazaviy hisoblash miqdorining 25-35 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala