Hodisalar

Firibgar samarqandliklarga “Green Card”da yutuq vaʼda qilib, ularni katta pulga chuv tushirdi

© AFP 2023 / LOIC VENANCEFlag SSHA na fone goroda
Flag SSHA na fone goroda - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Samarqandda firibgar ikki fuqaroga ularni Amerikaga ishga yuborish uchun “Green Card” lotareya oʻyinida yutib, yarim yil ichida viza olib berishga vaʼda bergan.

TOSHKENT, 26 yanv – Sputnik. Samarqandda ikki fuqaroga AQSH vizasini vaʼda qilib, ularning 8300 dollar pullarini oʻzlashtirgan firibgarga qarshi jinoyat ishi ochildi.

IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga koʻra, oʻtgan yilning 02 iyun kuni 30 yoshli X.X. fuqaro 48 yoshli B.X.ni AQSH davlatiga ishga yuborish uchun “Green Card” lotareya oʻyinida yutib, 6 oy ichida viza olishga vaʼda bergan.  Soʻngra fuqarodan 5800 dollar olgan va pullarni ehtiyojiga sarflagan.

Mujchina s telefonom - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Nukuslik oʻqituvchi firibgarning Nigeriyadagi hisobiga 165 mln oʻtkazdi

Xuddi oʻsha fuqaro Samarqand tumanida yashovchi fuqaro 24 yoshli M.O.ni shu usul bilan chuv tushirgan. Unga ham yuqoridagi vaʼdalarni berib, 2500 dollarini olgan. Biroq hozirgacha  vaʼdasining ustidan chiqmagan.

Firibgar jabrlanuvchilarga jami boʻlib 8300 dollar miqdorida moddiy zarar yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston JKning 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0