Analitika

Siyosatchilar unutgan xolokostning asosiy darsi

© Sputnik / Aleks Pantsikov / Mediabankka oʻtishBыvshiy natsistskiy kontslager Aushvits-Birkenau v Osventsime.
Bыvshiy natsistskiy kontslager Aushvits-Birkenau v Osventsime. - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xalqaro xolokost xotira kuni va Aushvits-Birkenau (Osventsim) kontslagerining ozod qilinganining 75 yilligi bu yil shov-shuvli mojarolar sharoitida nishonlanmoqda.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Xalqaro xolokost xotira kuni va Aushvits-Birkenau (Osventsim) kontslagerining ozod qilinganining 75 yilligi bu yil shov-shuvli mojarolar sharoitida nishonlanmoqda. Yahudiy jamoalari barcha mamlakatlar siyosatchilarini kelishmovchiliklardan voz kechishga va antisemitizmning kuchayishiga qarshi turishga chaqirmoqdalar, ammo bu javobsiz qolmoqda. Tarixning yodlanmagan darslari toʻgʻrisida - RIA Novosti materialida.

Bitta fojia - ikkita marosim

Bunday holat birinchi marta sodir boʻlmoqda: Xolokost qurbonlar xotirasi kuni eng yuqori xalqaro miqyosda birdaniga sayyoramizning ikkita joyida nishonlanmoqda. Avval, ushbu fojiani oʻrganish boʻyicha eng yirik markazlardan biri boʻlgan Quddusdagi “Yad Vashem” yodgorlik majmuasida.  Bir necha kun oʻtgach, 27 yanvar kuni mahbuslari 75 yil oldin Sovet qoʻshinlari tomonidan fashistlardan ozod qilingan Aushvits-Birkenau kontslagerida.

Bunday muhim voqea har qanday kelishmovchilik uchun sabab boʻlolmasligi tuyulgan edi - axir, Xolokost Yevropaning aksariyat mamlakatlarini tegib oʻtdi. Lekin bularning barchasi bularning barchasi janjallar joʻrligida oʻtmoqda.

Polsha rasmiylari Rossiyani tarixni qalbakilashtirishga urinishda ayblamoqda. Goʻyoki Osventsimni ozod qilinishini “manfaatdor boʻlmagan” sovet askarlarining qahramonligi emas.  Umuman, Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiyning soʻzlariga koʻra, oʻlim lageri oldinroq ozod qilinishi mumkin edi, ammo “Sovet armiyasi Osventsimdan 200 kilometr narida toʻxtatilib hujum kechiktirildi”. Rossiya tarixchilari buni inkor etdilar.

Glavnыy redaktor telekanala RT i MIA Rossiya segodnya Margarita Simonyan. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Simonyan polshalik siyosatchilarga Yevropani fashizmdan kim qutqarib qolganini eslatib qoʻydi

Shu bilan birga, Polshada ikki yildan beri polyaklarning xolokostda ishtiroki toʻgʻrisida eslatishni taqiqlovchi qonun amal qilmoqda. Ushbu yangilik yahudiy jamoasini qattiq gʻazablantirdi, chunki Polshada oʻldirilgan yaxudiylarning uch million nafari yashagan edi. Moravetskiyning yahudiylar xolokostda boshqa kollaboratsionistlar kabi ishtirok etganligi haqidagi bayonoti janjalni yanada kuchaytirdi.

“Gettoda boshqa ayrim xoinlar singari politsiya xodimlari boʻlgan yahudiy jinoyatchilari ham boʻlgan. Nemis harbiylari, Ukraina va Polsha jinoyatchilaridan farqli oʻlaroq, ular kontslagerlarda boshqa mahbuslarnikiga oʻxshash vaziyatda bosim va toʻgʻridan-toʻgʻri terror ostida harakat qilishgan”, deb javob berishdi bosh vazirga Polshadagi yahudiy jamoasida.

Natijada, janjal bostirildi - Isroil bilan muzokaralardan soʻng, Polsha hukumati polyaklarning Xolokostda ishtirok etganligi uchun jinoiy javobgarlikni bekor qilishga qaror qildi.

“Yuz minglab yahudiylarni haqoratlash”

Ammo, keyingi kunlarda vaziyat yana keskinlashdi. Polsha prezidenti Andjey Duda 23 yanvar kuni “Yad Vashem”da boʻlib oʻtadigan Butunjahon xolokost forumida ishtirok etishni rad etdi, chunki u yerda unga gapirishga ruxsat berilmadi. Bu tadbir tashkilotchilarini hayratga soldi.

“Bir necha oy oldin, barcha sheriklar forumda ishtirok etadigan qirqdan ortiq hukumat rahbarlaridan faqat besh nafar rahbar Yad Vashem tadbirida - toʻrtta ittifoqchi mamlakat va Germaniya vakillari nutq soʻzlashlariga qaror qilishdi”, deb tushuntirdi tashkiliy qoʻmita RIA Novostiga.

Qaror juda mantiqiy. Bundan tashqari, Dudaga Isroil prezidentining qarorgohidagi ziyofatda nutq soʻzlash imkoniyati berildi. Ammo bu Polsha davlatining rahbariga nomaqbul boʻldi - va u tashkilotchilarga javob bermadi. Buning oʻrniga u ularni tarixni qalbakilashtirishda aybladi: tadbirda namoyish etilgan filmlar “Polshaning Germaniyaga qarshi harbiy harakatlarini hisobga olmagan”.

Uzniki kontsentratsionnogo lagerya Osventsim, osvobojdennыe voyskami Krasnoy armii v yanvare 1945 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
Rusofobiya va antisemitizm qoʻl ushlashib kelmoqda - ekspert

Polsha prezidentidan Litva prezidenti oʻrnak oldi. “Shuni taʼkidlash kerakki, odamlar bu yerda, Polshada, natsistlar lagerida halok boʻlishdi, tadbir esa Isroilda boʻlib oʻtmoqda”, - dedi Seym spikeri Viktoras Prantsketis.

Litva Seymining deputatlari ham Polshadagiga oʻxshash oʻz fuqarolarining xolokostda ishtirok etganini eslatilishni taqiqlovchi qonunni tayyorlamoqda. Agar qoʻshnilari qonun qoidalarini qaysidir maʼnoda yumshatgan boʻlsalar, Vilnyusda noqulay haqiqatni oʻchirish uchun har qanday yoʻldan borishga qaror qilishdi.

Nomaqbul hodisalar ham roʻy berib turibdi: 2017 yilda hukumat yozuvchi Ruta Vanagaytega taʼqibni uyushtirishdi. Uning “Oʻzimiznikilar” deb nomlangan kitobida litvaliklarning yahudiylarni qirilishida ishtirok etganligi toʻgʻrisida dalillar keltirilgan. Nashr tezda kitob doʻkonlaridan olib tashlandi, muallifni esa Kremlga ishlashligida ayblashdi.

Ushbu voqea yahudiy jamoasini gʻazablantirgan shov-shuvli qonun loyihasi uchun sabab boʻldi. Buning ajablanarli joyi yoʻq, chunki urushdan oldin Litva yahudiylikning dunyo markazlaridan biri boʻlgan.

“Bu Litvaning siyosiy va harbiy rahbarlari va mahalliy aholisi tomonidan qoʻzgʻatilgan oʻldirishga yordam bergan yuz minglab litvalik yahudiylarga toʻgʻridan-toʻgʻri haqoratdir. Litva hukumati oʻzining tarixini tan olishi kerak va uni eʼtiborsiz qoldirmaslikka yoki rad etishga urinmaslik kerak”,-  deb aytdi Yevropa ravvinlari Kengashi rahbari Pinxas Golshmidt.

“Yevropa koʻchalarida yurishdan qoʻrqishmoqda”

Yahudiy jamoatchiligi bir necha bor xolokostni rad etish antisemitizmning kuchayishiga olib kelishi haqida ogohlantirgan. Natijada shunday boʻldi ham: yahudiylarga nafrat darajasi 2017 yilga nisbatan sezilarli darajada oshdi.

“Hozirgi kunlarda kuzatilayotgani kabi biz antisemitizm kuchayganidan shu paytgacha bunchalik tashvishlanmagan edik. Yahudiylar Yevropa koʻchalarida yurib, oʻz dinlarining atributlarini kiyishdan qoʻrqishadi. Yevropadagi yahudiylarning sakson foizi Yevropadagi vaziyatdan havotirda, qirq foizi Yevropani tark etish haqida oʻylashmoqda. 30 yildan keyin Yevropada umuman yahudiylar qolmasligi mumkin”, dedi Vyacheslav Moshe Kantor, “Butunjahon xolokost xotirasi forumi” va Yevropa yahudiylari kongressi prezidenti.

Bundan tashqari, agar bir necha yil oldin yahudiylarga nisbatan nafratning kuchayishi arab mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning katta oqimi bilan izohlangan boʻlsa, endi ular sababni siyosiy tekislikda koʻrishmoqda. Bu muammoni Germaniya yaqqol namoyish etadi: 2018 yil uchun (soʻnggi maʼlumotlar) “Germaniya uchun alternativa” oʻnglar radikal partiyasi bir pogʻonaga koʻtarilib mamlakatning ikkinchi eng mashhur siyosiy kuchiga aylandi. Bu davr ichida antisemitizm tufayli jinoyatlar soni yigirma foizga oshdi.

Poyezdka prezidenta RF V. Putina v Berlin dlya uchastiya v Mejdunarodnoy konferentsii po Livii - Sputnik Oʻzbekiston
Analitika
BMTni "qayta ishga tushirish" kerak - Siyosatshunos

Bu Yevropaning barcha mamlakatlaridagi yahudiy jamoalarini xavotirga soladi, ehtimol, bittasidan tashqari. “Ikkinchi Jahon Urushidan keyin xatolar ustida ish olib borgan Germaniyada antisemitizm kuchaymoqda ... Har ikki yoki uch haftada Amerika, Yevropa, Avstraliyada baʼzi voqealar sodir boʻlganligi eshitamiz. Shubxasiz, biz ijobiy narsalar haqida aytib bera olamiz va shu maʼnoda biz ochiq aytmoqdamiz: Rossiyadan oʻrnak oling, bizga qarang”, - dedi Rossiya yahudiy jamoalari federatsiyasi prezidenti, ravvin Aleksandr Boroda.

Nafaqat Germaniyada, balki qoʻshni mamlakatlarda ham oʻng qanot siyosatchilari tobora xolokost mavzusiga murojaat qilmoqdalar. Boʻlib ham, goʻyo hech qanday fojia boʻlmaganday. Moʻʼtadil siyosatchilar ham, Ikkinchi Jahon urushidagi dahshatli voqealarni oʻzlariga kerak boʻlgan yoʻsinda muhokama qilib, omma orasida mashhurlikni oshirmoqdalar.

“Afsuski, bugungi kunda urush xotirasi, uning saboqlari va merosi tobora siyosiy, bir lahzali hozirgi kunda dolzarb konyunkturaning obʼyekti boʻlib qolmoqda. Bu mutlaqo nomaqbul”, - deya Rossiya prezidenti Vladimir Putin Quddusdagi forumda dunyo siyosatchilarining eʼtiborini qaratdi.

U ularni hushyor boʻlishga va “adovat, shovinizm, antisemitizm birinchi kurtaklari paydo boʻlganda, ksenofobiya va boshqa shu kabi namoyishlarga ruju qilishni boshlashganida, eʼtiborsiz boʻlmaslikka” chaqirdi. Aks holda, olti milliondan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan Xolokost fojiasi xotiradan oʻchirilib ketadi. 75 yil oldin “Yerdagi eng qaygʻuli va zulmatli joy” - Osventsim kontslagerini ozod qilgan sovet askarlari singari.

Yangiliklar lentasi
0