Hodisalar

Tolibon AQSH samolyotini urib tushirishi mumkinmi?

© AP Photo / Raumat GulBoyeviki dvijeniya Taliban
Boyeviki dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
"Tolibon" AQSH samolyotini urib tushirishi mumkinmi - harbiy jurnalist Aleksandr Xrolenko javob beradi.

TOSHKENT, 29 yanv – Sputnik. Dushanba kuni Afgʻonistonning Gʻazni viloyatida AQShning Bombardier E11A rusumli harbiy samolyoti halokatga uchradi. Samolyotni urib tushirishda javobgarlikni darhol “Tolibon” oʻz zimmasiga oldi. Ular tezda urib tushirilgan samolyot videolavhasini ham namoyish etishdi.

Videolavha

“Razvedka ishlari bilan shugʻullanayotgan samolyot Dix-Yak yaqinda Sado-Xel aholi punkti ustida urib tushirildi. Samolyot ichda boʻlgan ekipaj aʼzolari hamda MRBning yuqori lavozimli zobitlari qurbon boʻldi. Undan tashqari samolyotda maxfyi hujjatlar ham bor edi”, - deb izoh berdi voqeaga diniy-harbiy uyushma vakili Zabixulla Mudjaxed.

Oʻz navbatida AQShning Afgʻonistondagi Harbiy kuchlari vakili polkovnik Soni Legget samolyot AQShga tegishli ekanini tan oldi, lekin uni Tolibon urib tushirganini tan olmadi. AQSH harbiylaridan yana biri samolyotda 10 kishidan ortiq odam boʻlmaganini xabar qildi.

Reuters agentligi xabariga koʻra, tolibon afgʻon hamda AQSH harbiylarining samolyot halokatga uchragan joyga borishga urinishgan lekin muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

Texnik masala

Agar “Tolibon” haq boʻlib chiqsa, bu hududdagi AQSH kuchlari obroʻsi uchun katta zarba boʻladi. “Tolibon” vakillari samolyotni qanday urib tushirganlarini hozircha xabar qilgani yoʻq, lekin baʼzi manbaalarda amerka samolyoti sovet davrida ishlab chiqilgan R-73 "Vыmpel" raketasi yordamida urib tushirilgan deyilmoqda.

Zavodskoy nomer raketы Buk  - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Malayziya samolyotini urib tushirgan raketa Ukrainaga tegishli - Rossiya MV

Eslatib oʻtamiz, bundan oldin ham Afgʻonistonda AQShning bir necha uchuvchisiz apparatlari va S-130 Hercules harbiy samolyoti oʻxshash uslubda urib tushirilgan edi.

Sovet davrida ishlab chiqarilgan R-73 raketasi aslida samolyot va vertolyotlarda qoʻllanish uchun moʻljallangan, lekin uni qoʻlbola uslubda yerdan turib uchirsa ham boʻladi. Buning uchun yoʻnaltiruvchi rels va akkumulyator kerak xolos. Bunday uchirganda raketa oʻz uzoqligining 50%ini yoʻqotadi, lekin qolgan 20 km ham aksariyat samolyotlarni urib tushirish uchun yetarli. Raketa infraqizil bosh qismi, oʻzini oʻzi nishonga yoʻnaltirish tizimiga ega, shuning uchun osmonda samolyotni uning oʻzi topib olishi mumkin. Raketa tezligi 2500 km/soatni tashkil etadi.

Bunday raketalar Sovet Ittifoqi davrida 70 yillar oxirida ishlab chiqarila boshlagan. Ular Afgʻoniston hududiga 40 armiya bilan birga kelib qolgan boʻlishi mumkin, lekin SSSR minglab ana shunday raketalarni Hindiston, Aljir, Iroq, Xitoy, Misr va Bolgariyaga eksport qilgan. 1992 yilga qadar 6000 mingta ana shunday raketalar ishlab chiqarilgan.

Posledstviya udara noveyshey amerikanskoy raketoy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH yangi raketasi qanday zarba berishi maʼlum boʻldi - foto

Samolyot haqida

AQSH Harbiy kuchlariga tegishli boʻlgan Bombardier E-11A samolyoti osmonda aloqa taʼminlash vazifasini bajargan. AQSH uchuvchilari uni “Osmondagi Wi-Fi” deb atashar edi. Qayd etish joizki,  juda uzoq masofalarga uchishi mumkin, uzoq vaqt davomida osmonda boʻlishi mumkin.

Samolyotdan nafaqat uchuvchilar, balkim uchuvchisiz apparatlarni boshqarish va yoʻnaltirishda ham foydalaniladi.

“Tolibon” tarqatgan videotasvirga koʻra, samolyotning ostki qismiga zarar yetmagan, goʻyoki u qorniga qoʻnishga majbur boʻlgan, lekin uning oʻrta va ust qismi yonib yoʻq boʻlib ketgan.

Eron generalining oʻldirilishiga aloqasi bormi

General Qosim Sulaymonining AQSH tomonidan oʻldirilishi hali koʻpchillikning esidan chiqqani yoʻq. Shu sababli AQShning aloqa samolyoti halokatini koʻpchillik eronning qasosi deb gumon qilishi ham mumkin.

Protestuyuщiye s fotografiyami ubitogo generala KSIR Kasema Suleymani i prezidentom Xassanom Rouxani, 3 yanvarya 2020 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Eron AQShdan qasos olishning 13ta stsenariysini tayyorladi - OAV

Agar ushbu aloqa samolyoti rostdan ham “Tolibon” tomonidan urib tushirilgan boʻlsa, bu juda jiddiy tayorgarlik koʻrishni, maʼlum texnik bilimlarga ega boʻlishni talab qiladigan operatsiya boʻlishi kerak.

Eronning Tasnim va Mashregh axborot agentliklari AQShning ushbu samolyoti Eron Islom revolyutsiyasi qoʻriqchilari kuchlari tomonidan general Qosim Sulaymonining oʻlimi uchun qasos sifatida urib tushirilgan degan xabarlarni tarqatmoqda. Ular aytishiga koʻra, ushbu samolyotda Eron generalini urib tushirishga aloqador boʻlgan AQSH harbiylari boʻlgan.

Nima boʻlganda AQSH ayni damda ushbu samolyot halokati yuzasidan oʻz tekshiruvini oʻtkazmoqda va uning natijalarini rasman eʼlon qilishi kerak.

Yangiliklar lentasi
0