TOSHKENT, 29 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston hududida yana Tojikistondagi zilzila sezildi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabariga koʻra, bugun, 29 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan 14:10 da Tojikiston-Afgʻoniston chegarasida zilzila sodir boʻlgan.
Koordinatalar 38,40 gradus shimoliy kenglik, 70,75 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,3. Chuqurlik h=60 km. Toshkentgacha masofa 344 km janubiy yoʻnalish boʻyicha.
Zilzila Oʻzbekiston hududida: Toshkent: 344 km;2 ball, Namangan: 299 km;2 ball, Andijon: 298 km;2 ball, Fargʻona: 238 km;3 ball, Guliston: 287 km;2 ball, Jizzax: 315 km;2 ball, Samarqand: 356 km;2 ball, Termiz: 332 km;2 ball
Qarshi: 434 km;2 ball.
Oʻzbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmadi. Talofatlar va jabrlanganlar toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushmadi.
Eslatib oʻtamiz, 24 yanvar kuni Tojikistondagi zilzila kuchi Oʻzbekistonning koʻplab joylarida sezilgani xabar qilingan edi.