Video

Drulovich Oʻzbekiston terma jamoasiga Olimpiyadaga chiqishi uchun nima yetishmaganini aytdi

Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirokida soʻnggi matbuot anjumani oʻtkazildi.

Bugun, 30 yanvar kuni Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirokidagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Drulovich Oʻzbekiston terma jamoasiga Olimpiyadaga chiqishi uchun nima yetishmagani aytdi.

“Oʻzbekistonda iqtidorli yosh futbolchilar koʻp. Buni ushbu mamlakatda ishlagan davrimda bilib oldim. Asosiysi bu yoshlar ishlashdan toʻxtamasligi va bor kuchini ishga solishi kerak. Turnirda jismoniy holatimiz boʻyicha muammo boʻlmadi. Hammamizning orzuimiz Oʻzbekiston terma jamoasi Olimpiadaga chiqish edi. Afsuski omadimiz kelmadi”, - deb taʼkidladi Lyubinko Drulovich.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala