TOShKENT, 30 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e’tibori va tegishli qarori bilan uning xotirasi abadiylashtirildi, hurmati joyiga qo‘yildi. Mamlakat birinchi prezidenti tavallud topgan 30-yanvar kunini nishonlash ezgu an’anaga aylandi.
Qur’oni karimdan tilovat qilindi. Islom Karimovning serqirra faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari yodga olindi.
Gul qo‘yish marosimida prezident Administratsiyasi, parlament palatalari va hukumat a’zolari, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ziyolilar, shahar jamoatchiligi ishtirok etdi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.