Hodisalar

Hamshirani doʻpposlab burnini sindirgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Avvalroq Fargʻonada janjalkash ona-bola doʻpposlagan hamshira ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingan edi.

TOSHKENT, 30 yanv — Sputnik. Fargʻonada hamshiraga tajovuz qilgan bemorning onasiga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Mashina skoroy pomoщi - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
Fargʻonada janjalkash ona-bola doʻpposlagan hamshira ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizildi

Qayd etilishicha, sud-tibbiy ekspertiza byurosining 29 yanvardagi 340-sonli xulosasiga koʻra, hamshira M.M.da burun suyagining yopiq sinishi, bosh miya chayqalishi, boʻyin sohasida shilinma, oʻng koʻz-qovoqlarida qontalash kabi tan jarohatlari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ga nisbatan Oʻzbekiston JKning 109-moddasi 2-qismi (Qasddan badanga yengil tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi ochilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Fargʻonada janjalkash ona-bola doʻpposlagan hamshira ogʻir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani va dastlabki surishtiruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala