Jamiyat

Mirziyoyev toʻngʻich qizining yangi ish joyi maʼlum boʻldi

© Massmedia.uzNovaya doljnost Mirziyoyevoy
Novaya doljnost Mirziyoyevoy - Sputnik Oʻzbekiston
Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.

TOSHKENT, 31 yanv – Sputnik. 2020 yil 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Komil Allamjonov i Saida Mirziyoyeva  - Sputnik Oʻzbekiston
Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AOKAdan ketishdi

Mazkur yigʻilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.

“Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga koʻra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning oʻrinbosari etib saylandi”, - deyilgan xabarda.

Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi - ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini roʻyobga chiqarishda koʻmak berish, mamlakatda soʻz erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, Oʻzbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga koʻmaklashish va boshqalardir.

Eslatib oʻtamiz, 29 yanvar kuni K.Allamjonov va S.Mirziyoyeva kelgusi mehnat faoliyatlarini nodavlat sektorda davom ettirish rejalari bilan bogʻliq murojaatlarini Prezident Administratsiyasiga kiritishgani va Prezident Administratsiyasi tomonidan ushbu murojaatlari koʻrib chiqilib, qondirilgani haqida eʼlon qilingandi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala