Siyosat

Putin Xitoyga koronavirusni yengishda yordam bermoqchi

Koronavirus Xitoyda 213 insonni hayotdan olib ketdi, infektsiya bilan 9,7 mingga yaqin kishi zararlangan. Yana 100 kishi Xitoydan tashqarida, 18ta mamlakatlarda koronavirusga chalingan.

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Tszinpinga Xitoyda avj olgan koronavirus munosabati bilan hamdardlik izhor qilingan telegrammani yoʻlladi, deb xabar qilmoqda Kreml matbuot-xizmati.

Tsvetnoye izobrajeniye koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Koronavirusdan tuzalgan ayol kasallik haqida soʻzlab berdi

Rossiya prezidenti telegrammada bemorlarga tezroq sogʻayishlarini tilagan. Rahbariyat sayi-harakatlari oʻlaroq epidemiya tarqalishi toʻxtatiladi, deya ishonch bildirgan Putin.

"Rossiya prezidenti doʻst xitoy xalqiga barcha zarur yordamni koʻrsatishga tayyorligini bildirdi va Rossiyaning kompetent idoralari ushbu umumiy xavfni tezroq yengish maqsadida xitoyning tegishli tuzilmalari bilan eng yaqin hamkorlikka shayligini maʼlum qildi", - deyiladi xabarda.

Oʻzbekiston SSV rahbari Xitoy fuqarolari uchun vizani cheklash tarafdori ekanligini maʼlum qildi >>>

Eslatib oʻtamiz, bugun Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti yangi koronavirus avj olishini xalqaro ahamiyatga molik boʻlgan favqulodda holat deb tan oldi. Koronavirus Xitoyda 213 insonni hayotdan olib ketdi, infektsiya bilan 9,7 mingga yaqin kishi zararlangan. Yana 100 kishi Xitoydan tashqarida, 18ta mamlakatlarda koronavirusga chalingan.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala