Jamiyat

Toshkentda Geologiya fanlari universiteti ochiladi

Toshkentda 4ta institutning moddiy-texnik bazasi va ilmiy kadrlar salohiyati birlashtiruvchi - Geoloniya universiteti ochiladi.

TOSHKENT, 31 yanv - Sputnik. Toshkentda yana bir zamonaviy oliygoh - Geologiya fanlari universiteti ochiladi, bu haqida prezident matbuot xizmati xabar qilmoqda.  

Shavkat Mirziyoyev 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi Olimlar koʻchasida joylashgan ilmiy-tadqiqot instituti asosida ochiladigan yangi universitet kampusiga tamal toshi qoʻydi, deyilgan xabarda. 

Yangi oliygoh taʼlim va ilm-fan klasteri shaklida boʻladi. 4 ta institutning moddiy-texnik bazasi va ilmiy kadrlar salohiyati birlashtirilib, eng ilgʻor uskunalar bilan jihozlanadi. Sankt-Peterburg togʻ-kon universiteti va boshqa nufuzli dargohlar bilan hamkorlikda taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyiladi. 

- Bir paytlar Oʻzbekistonda geologiya ancha rivojlangan, raqobatbardosh soha edi. Hatto boshqalar kelib, yurtimiz mutaxassislaridan tajriba oʻrganib ketardi. Lekin oxirgi oʻttiz yilda bu soha eʼtibordan chetda qolib ketdi. Bor salohiyatni saqlab qololmadik. Olimlarga yoʻnalish, ragʻbat boʻlmadi. Zamonaviy kadrlar yetishib chiqmadi. Aslida, geologik tadqiqotlar iqtisodiyotning hamma sohalari uchun kerak. Tashxissiz bemorni operatsiya qilib boʻlmaganidek, geologiyasiz sanoatni rivojlantirib boʻlmaydi. Biz bugun shu soha rivojiga asos boʻladigan ilm dargohiga poydevor qoʻymoqdamiz, - dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Prezident Geologiya fanlari universiteti qurilishiga oid loyihalar bilan tanishdi. Oʻquv binolari va laboratoriyalarni chet el tajribasi hamda kasb spetsifikasidan kelib chiqib qurish, maydonlardan samarali foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev oʻzining parlamentga qilgan murojaatnomasida 2020 yil mamlakatimizda Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb eʼlon qilgan edi.

 

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala