Jamiyat

Mutaxassis qanday bemorlarda koronavirus ogʻir kechishi mumkinligini aytdi

© REUTERS / STRINGERVspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV
Vspыshka pnevmonii neizvestnogo proisxojdeniya. Predvaritelno ustanovleno, chto vozbuditelem zabolevaniya stal novыy tip koronavirusa — 2019-nCoV - Sputnik Oʻzbekiston
Maʼlumotlarga koʻra, koronavirusdan kasallangan odamlarning 80 foizida xastalik yengil oʻtadi, qolgan 20 foizida ogʻir kechishi mumkin.

TOSHKENT, 3 fev — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Liann Kuppens koronavirus immun tizim pasayib ketgan bemorlarda ogʻir kechishi mumkinligi maʼlum qildi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

“Maʼlumotlarga koʻra, koronavirusdan kasallangan odamlarning 80 foizida xastalik yengil oʻtadi, qolgan 20 foizida ogʻir kechishi mumkin. Oʻlim holati yuz berishi ehtimoli boʻlgan 2-3 foizi esa ikkilamchi ogʻir, surunkali kasalliklarga chalingan, immun tizimi pasayib ketgan bemorlarga toʻgʻri kelmoqda”, – dedi Liann Kuppens oʻtkazilgan deoselektor yigʻilishida.

Taʼkidlanishicha, koronavirusni aniqlashda asosiy eʼtibor tana haroratining koʻtarilishiga qaratilsa-da, uning yashirin davri mavjud. Bu paytda kasallik belgilari toʻliq namoyon boʻlib ulgurmaydi. Shundan kelib chiqqan holda, Oʻzbekistonda vaziyatni nazorat qilish, xorijdan kelgan fuqarolarni tekshirish va kuzatuvga olish borasida barcha tayyorgarlik choralari koʻrilgan.

Probirki s biomaterialom v laboratornom komplekse - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Rossiya Oʻzbekistonga koronavirusni aniqlash vositasini berdi

“Shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlar orqali aholi orasida turli vahimali, xususan, Jizzax, Buxoro va Andijon viloyatlarida koronavirus infektsiyasi bilan bogʻliq yolgʻon xabarlar tarqalmoqda. Bunday holatda odamlar sohadan uzoq boʻlgan shaxslar tomonidan tarqatilayotgan asoslanmagan  maʼlumotlarga emas, balki mutaxassislar xolis fikri va xulosalariga eʼtibor qaratishlari kerak”, - deyilgan xabarda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq SSV tavsiyasiga koʻra, Xalq taʼlimi vazirligi tizimida OʻRI, gripp va koronavirus kasalliklarini oldini olishga qaratilgan tushuntirish ishlari olib borilishi xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala