Maxsus xizmatlar Qirg‘iziston fuqarolari qo‘ng‘iroqlarini nazorat qilmoqdami?

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishRabota IT- spetsialista za kompyuterom
Rabota IT- spetsialista za kompyuterom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda 3-fevral sanasidan boshlab fuqarolarning barcha qo‘ng‘iroqlari va yozishmalari hukumat nazoratiga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.

TOShKENT, 5 fev — Sputnik. Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi idora qirg‘izistonliklar telefonlarini eshitib, ularning ijtimoiy tarmoqlardagi yozishmalarini o‘qishni boshlagani haqidagi ma’lumotlarni rad etdi.

Operativno-strategicheskie komandno-shtabnie ucheniya spesslujb stran ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHT davlatlari maxsus xizmatlari 2018-yilda 600dan ortiq terrorchilarni qo‘lga oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda 3-fevraldan kommunikatsiyaning yangi qoidalari kiritilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi nomidan tarqatilayotgan ushbu xabarda barcha telefon so‘zlashuvlari yozib olinayotgani, ijtimoiy tarmoqlarda esa monitoring amalga oshirilayotgani aytilgan.

Xabar mualliflari barcha qurilmalar hukumatning eshitish tizimi - CDMXga ulanganini ma’lum qilishgan, deb xabar qiladi Sputnik Qirg‘iziston.

Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ushbu xabarni yolg‘onligini aytmoqda. Ushbu xabarlarni tarqatgan shaxslar qidirilmoqda.

Idora yolg‘onligi oldindan ma’lum bo‘lgan xabarni tarqatganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tmoqda.

Yangiliklar lentasi
0