Istanbuldagi aviahalokat qurbonlari soni 3 kishiga yetdi

© REUTERS / MURAD SEZERJestkaya posadka samoleta v Stambule: chislo jertv viroslo do trex
Jestkaya posadka samoleta v Stambule: chislo jertv viroslo do trex - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Turkiyada noqulay ob-havo tufayli sodir bo‘lgan aviahalokat qurbonlari soni 3 kishiga, jabrlanganlar soni 179 kishiga yetdi.

TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Pegasus aviakompaniyasining “Izmir – Istanbul” yo‘nalishida parvoz amalga oshirayotgan samolyoti qo‘nish vaqtida sodir bo‘lgan favqulodda holatdan so‘ng qurbonlar soni 3 kishiga yetdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Sabixi Gokchen aeroportida sodir bo‘lgan halokatda qurbonlar soni 3kishiga, jabrlanganlar soni 179 nafarni tashkil qildi, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 5-fevral kuni Turkiyaning Pegasus avaikompaniyasiga tegishli bo‘lgan Boeing 737-800 NG avialayneri Sabixi Gokchen aeroportiga qo‘nish vaqtida aeroportning uchish-qo‘nish yo‘lagidan 50-60 metr nariga chiqib ketib devorga urilgan va 3 qismga bo‘linib ketgan edi. Datslabki ma’lumotlarga ko‘ra, bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Samolyot qo‘nayotganda kuchli shamol esib yomg‘ir yog‘ayotgan bo‘lgan. 

Ushbu hodisadan so‘ng Sabixi Gokchen aeroportiga barcha parvozlar bekor qilindi. Barcha samolyotlar  "Istanbul" aeroportiga yo‘naltirilgan. Turkiya huquqni saqlash organlari voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0