Video

Jinoyatga qarshi kurashuvchi "toʻrtoyoqli politsiyachilar" - video

Joriy yil 6 fevral kuni Sputnik muxbiri Toshkent viloyatida joylashgan IIB PPS va JTSB kinologiya xizmati xizmat itlari pitomnigida boʻldi.

Toshkent viloyati IIBB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xuzuridagi Kinologiya xizmati xizmat itlar pitomnigi 2001 yil aprel oyida tashkil topgan boʻlib, hozirgi kunda viloyat IIBB Kinologiya xizmati obʼyekti hisoblanadi. 

Unda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarining aytishicha, bugungi kunda bu yerda 63 ta xizmat itlari tarbiyalanmoqda.

Mazkur xizmatchi itlar yordamida 2019 yil davomida 299 ta turli xil jinoyatlar fosh etilgan. Shundan giyohvand moddalarini izlovchi itlar 20 ta jinoyatlar ochilishiga xizmat qilgan.

Shuningdek, kinologlar soni 10 ta boʻlib, viloyat boʻyicha ular soni 30 nafarni tashkil etadi.

Kinologlar kun davomida itlar bilan ertalabdan tushlik vaqtigacha 1,5 soat, tushdan kechgacha 1,5-2 soat davomida mashgʻulotlar olib borishadi.

Xizmat itlari Italiyadan keltiriladigan maxsus ovqatlar, goʻsht hamda sosiska bilan oziqlantiriladi. Vazni katta boʻlgan itlarga 500 grammgacha ovqat beriladi.

Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala