XMT: majburiy mehnat O‘zbekiston uchun o‘tmishda qoldi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishSbor xlopka
Sbor xlopka  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasining ta’sischilaridan biri Friman majburiy mehnatga barham berishga, Milliy komissiya tomonidan bu masala bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni bajarish choralarini, shuningdek fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik bo‘yicha sa’y-harakatlarni ijobiy baholagan.

TOShKENT, 8 fev - Sputnik. Xalqaro mehnat tashkiloti va O‘zbekiston hamkorligi majburiy mehnatga barham berish masalasi doirasidan chiqqan, bu masala O‘zbekiston uchun o‘tmishda qoldi, deya e’tirof etdi XMT bosh direktori o‘rinbosari Xayns Koller, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Oliy Majlis Senati matbuot-xizmati.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 11-dekabrya provel soveshanie, posvashennoe rezultativnosti reformirovaniya predpriyatiy s uchastiyem gosudarstva i prioritetnim zadacham v etom napravlenii - Sputnik O‘zbekiston
Bosqichma-bosqich paxta va g‘alla bo‘yicha davlat rejasini bekor qilish muhokama qilindi

Xayns Koller bu haqda Toshkentda o‘tkazilgan "Islohotlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida munosib mehnat" mavzusidagi xalqaro davra suhbatida aytib o‘tgan. Tadbirda O‘zbekistondagi Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro migratsiya tashkiloti, BMT Taraqqiyot dasturi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, YuNISEF, YuNESKO, diplomatik korpus vakillari, Oliy Majlis Senati a’zolari, Qonunchilik palatasi deputatlari, shuningdek "Cotton Campaign" xalqaro koalitsiyasi vakillari ishtirok etgan.

Davra suhbatida O‘zbekistonda aholining munosib ish bilan bandligini, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishni, agrar sektorni takomillashtirishni, qishloq xo‘jaligida bozor mexanizmlariga o‘tishni ta’minlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilari tomonidan paxta yetishtirishda majburiy mehnatning oldini olish monitoringi yakunlari muhokama etilib, bunda O‘zbekistonning paxta sanoatida bolalar va majburiy mehnatdan muntazam foydalanish tugatilganligi qayd qilingan. Paxta va g‘alla uchun davlat buyurtmasini prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan 2020-yildan bekor qilish qarori ham ijobiy qabul qilingan.

Sbor xlopka - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda paxta terimini mexanizatsiyalash jadallashtiriladi

BMT loyihalarining O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi Xelena Freyzerning fikricha, ijtimoiy-iqtisodiy sohada, aholi, ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini ta’minlash, qashshoqlikni yo‘q qilish masalasida mamlakat tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek hayot va faoliyatning barcha sohalarida fuqarolik jamiyatining faol ishtiroki uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga javob beradi.

"Cotton Campaign" xalqaro koalitsiyasining ta’sischilaridan biri B.Friman majburiy mehnatga barham berishga, Milliy komissiya tomonidan bu masala bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni bajarish choralarini, shuningdek fuqarolik jamiyati bilan hamkorlik bo‘yicha sa’y-harakatlarni ijobiy baholagan.

Hozirgi vaqtda Milliy komissiya tomonidan xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda davra suhbatining yakuniy tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0